I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi , sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga jadval to`ldirish topshirig`I beriladi.
Uot Tayler qo`zg`oloni boshlanishi
Uot Tayler qo`zg`oloni sabablari
Uot Tayler qo`zg`oloni yakuni
Uot Tayler qo`zg`oloni natijasi
III.Yangi mavzu bayoni: Siyosiy taraqqiyot. Frankoniyaliklar sulolasining so’nggi vakili Genrix va uning farzandi bo’lmagan. Taxtga Saksoniya gersogi Lotar (1125-1137) qo’yiladi. Uning vafotidan so’ng o’g’il vorisi yo’qligi tufayli taxt SHtaufenlar sulolasiga o’tib, ular Germaniyani 1138-1254-yillarda boshqaradilar. Sulolaning eng mashxur vakillaridan biri Fridrix I Barbarossa (1152-1190) edi. Dastlab Fridrix o’z istilolarini salib yurishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaxarlariga qaratadi. Imperator shu maqsadda avval Rim papasini qo’llaydi. Keyinchalik papaning o’zini imperator xokimiyatidan ustun qo’yishi ular orasiga nifoq soladi. Barbarossaning maqsadi Italiyani o’z viloyatlaridan biriga aylantirish edi. Bunga faqat Milan va Lombardiyaning 1 necha shaxarlari qarshi chiqadi. 1158-yil Ronkal vodiysida chaqirilgan seym imperatorning Italiyada xokimiyatini cheklanmagan deb e’tirof qiladi. Fridrix I ning Bolonyadan taklif etgan eng bilimdon xuquqshunoslari uning xizmatiga kirib, qonunlar majmualarini tuzib beradilar. Jinoiy ishlar, sud qilish, tanga-chaqa zarb etish, shaxar xokimlarini tayinlash imperator tasarrufiga o’tadi. Bu qonun to’plamlarida Fridrix I «yerdagi jonli qonun» deb e’tirof qilinadi.
Mavjud vaziyatda 1162-yili Milan boshchiligida Lombardiya shaxarlari bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonni bostirish davomida Milan axolisiga 8 kunda shaxarni tashlab ketish sharti qo’yiladi. Milan XII asrning 60-70-yillarida qayta tiklanib, yangi jangga xozirlik ko’ra boshlaydi. 1176-yilda Lenyano jangida Liga qo’shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix I SHimoliy Italiya shaxarlariga kommuna-erkinlik xuquqini berishga majbur bo’ladi.
Keyinchalik Fridrix I o’g’li Genrix VI ni Sitsilya malikasi Konstansiyaga uylantirish orqali Italiyaning janubini qo’lga kiritgan bo’lsada, papalarni va Lombardiya shaxarlarini Germaniyaga qarshi qilib qo’ydi. Papa Innokentiy III - Germaniya siyosatiga o’z ta’sirini o’tkazgan Rim papasi bo’ldi.
SHtaufenlar qudratiga ma’lum qo’rqinch bilan qaragan Innokentiy III deyarli barcha tomonidan unutilgan Barbarossaning 18 yoshli nabirasini dastlab gentian knyazlari qirol deb tan olinishiga erishadi. Uni sodiq xizmatkori bo’lishiga umid qilgan papa Fridrix II ni oradan 8 yil o’tib imperator deb e’lon qiladi.
«G’alati» imperator. Fridrix II boshqaruvi paytida german knyazlari mustaqillikka shunchalik o’rganib qoladiki, keyinchalik biror xukmdorga Fridrix I Barbarossa singari o’zini erkin xis qilishiga yo’l qo’ymaydilar.