Sana: __________________ Fan: Tarix. Sinf:___________________
Mavzu: 4 - §. DUNYO XARITASI TARIXI.
Darsning maqsadi: Ta'limiy: O'quvchilarga xaritalar va ularning yaratilishi haqidagi bilimlar beriladi;
Tarbiyaviy: O'quvchilarga ajdodlarimizning xaritashunoslik faniga qo'shgan hissalarini o'rgatish, ularga hurmat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Guruhda ishlash malakasini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya: o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf-odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish.
DAVLAT TA`LIM STANDARTI. O'quvchilar xaritalarning yaratilishi tarixi haqida ma'lumotlarga ega bo'ladilar, xarita bilan ishlash malakalari shakllantiriladi.
O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi Metod: Aktiv.O'qitish shakllari: Aralash, jamoa, guruhli.
Vosita: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, atama, tushuncha, sanalar yozilgan kartochkalar.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi: Tashkiliy qism. 2 daqiqa.
O'quvchilar bilan salomlashijh, davomatni aniqlash, darsgajalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O'zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.