Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə39/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Aqlli farzandga xos qanday fazilatlarni bilasiz? Aqlli deganda nimalar nazarda tutiladi?
2. «Eng birinchi yaxshilikni onangga qil» deganda nimani tushunasiz?
3. Tarbiyaga oid qanday qadriyatlarni bilasiz?
4. Mehmondo‘stlik qadriyatmi?
5. Qanday tarbiyani go‘zal tarbiya asosi deyish mumkin?
Mulohaza uchun
Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib keldi. Bu davrda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar natijasida etnik sabrtoqat, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, halollik bilan kun kechirish kabi fazilatlar shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib sayqal topgan. Ayniqsa, kattalarga, ota-onaga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish milliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi.
Abdulla Avloniy yaxshi xulqlar qatoriga: matonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g‘ayrat, iyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik,
sadoqat, muhabbat, avf kabilarni kiritadi. «Emdi bu yaxshi xulqlarni qo‘lga olmak uchun ota-ona, muallim, ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo‘lmak, axloqi buzuq, yomon
kishilardan qochmoq lozimdur».
Mulohaza uchun
Yaxshilik – go‘zal axloqiy fazilat sirasiga kirib, inson umri davomidagi ijobiy va ezgu ishlari, munosabatlarining yig‘indisini tashkil etadi. Yaxshilik – shaxsga va jamiyatga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdir.
Xushfe’llik, shirinsuxanlik, kamtarinlik, bosiqlik singari axloqiy xatti-harakatlar yaxshilikni yuzaga chiqarish nuqtayi nazaridan g‘oyat muhimdir. Har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Balki o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
Ijodiy faoliyat
Bir kun Muhammad Tarag‘ay bir suruv qo‘yni o‘g‘liga berib, Samarqand bozoriga yuboradi. Temurbekning o‘zi bu to‘g‘rida shunday yozadi:
«Qo‘ylarning hammasini ming oltinga sotib, pullarni belga bog‘lab sayr qilib yurardim. Bir yerda xushovoz qalandar odamlarga so‘zlab turgan ekan: qo‘lida qog‘oz – she’r bitilgan. U der edi: – Shul yozuvning qadriga yetib, kim ming oltunga olsa, dunyoning oxiriga yetadi.
Himmatim jo‘shib, ming oltunni qalandarga tutqazdim. U menga tikilib, nasl-nasabimni so‘radi. Aytdim. So‘ng tayin qildi:
– Otang oldig‘a borg‘il, buni uning oldida o‘qi, borg‘uncha ochma! Qog‘ozni keltirib, padari buzrukvorimga berdim. Ochib o‘qidilar. Forscha ruboiy ekan. Ma’nosi quyidagicha: «Zulm bilan dunyoga nom qoldirib bo‘lmaydi. Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir...»
– Barakallo, og‘lim, oltunlarni ko‘p dono ishga sarf etibsan. Endi ming oltung‘a olgan ushbu hikmatga qat’iy rioya qilmoq lozimdur! Padari buzrukvorning aytqonlarini bosh ustida tutdim».

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin