I.Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi hisobotini tinglash, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Bugungi kun jarayonlari yuzasidan kirish suhbati o’tkazish. Savollardan namunalar:
1.Bugungi kunda maktablarimizda qanday fan oyligi davom etmoqda?
2.Respublikamizda qanday oylik o’tkazilmoqda?
3.2023-yilni yurtboshimiz qanday yil deb e’lon qildilar?
4.Dekabr oyida qanday qutlug ‘ sanalarni nishonlaymiz?
5. Adabiyot fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat deb o’ylaysiz?
6.Adabiyot fanida biz nimalarni o’rganmoqdamiz?
Dars shiori bilan tanishtiriladi.
Dars shiori: “O’qi o’rgan bilim ol, milliylikni saqlab qol” II.Otilgan mavzuni takrorlash. 1.Said Ahmad ijodi yuzasidan “Ma’lumotlar zanjiri” mashqi o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar adib hayoti va ijodi haqida o’rgangan ma’lumotlarini aytadilar. Namuna:
Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshket shahri “Samarqand darvoza” mahallasida o‘z davrining obro‘li insonlaridan bo‘lgan Husanxo‘ja Dadaxo‘jayev oilasida dunyoga kelgan.
1941 yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlaydi va “Mushtum” jurnalida ishlay boshlaydi. Keyinchalik “Qizil O‘zbekiston”, “Sharq yulduzi” kabi gazeta-jurnallarda turli lavozimlarda mehnat qiladi.
1.Uyga berilgan topshiriqlarni so’rash, “Charxpalak” usulida tekshirish namunalar o‘qitish.
2.O ‘tgan mavzu yuzasidan berilgan savollariga javob berish.