Sana: Sinf: 1 Mavzu:"Bahor valsi"



Yüklə 6,2 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü6,2 Kb.
#180588
BAHOR VALSI


mavzusidagi
dars ishlanmasi
Хасанова Севда 327
“Bahor valsi”

Sana: ___________


Sinf: 1
Mavzu:“Bahor valsi”
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra
kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar
etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Islom Karimov
DARS MAQSADLARI:
Ta’limiy: O’quvchilarga musiqa savodi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda musiqaga qiziqish uyg’otish, milliy istiqlol g’oyalarini singdirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni qo’shiq ritmiga tushirib kuylash bo’yicha bilim, malakalarini hosil qilish va malakalarini o’stirish.

Dars tipi: Yangi bilim, tushunchalar
hosil qilish.
Dars usuli: Savol-javob, aqliy hujum,
ko’rgazmali, amaliy ish.
Dars jihozi: pianino, rubob, doira va b.
Texnik jihoz: Kompyuter, videoproyektor,
doska.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1-sinf musiqa darsligi(D.omonullayev,G. Tojiyeva)
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI:

t/r

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzu bo’yicha takrorlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Amaliy ish

15 daqiqa

5

Baholash, uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism:
  • Salomlashish, davomatni aniqlash;
  • Sinf tozaligiga e’tibor berish, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.

  • Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi.
    1-guruh.Dutorchilar.
    2-guruh. Rubobchilar.
    3-guruh. Changchilar.
    II. Asosiy qism.
  • O’tilgan mavzu bo’yicha takrorlash.

  • Har bir guruhga savollar beriladi.

“Dutorchilar” guruhi savollari
1.Musiqa tovushlari qanday nomlar bilan yuritiladi?
(Do-re-mi-fa-sol-lya-si-do)
“Rubobchilar” guruhi savollari
1.Sol kaliti nechanchi nota chizig’idan boshlanadi?
(Ikkinchi)
“Changchilar” guruhi savollari
1.Mi tovushi qaysi chiziqda joylashgan?
(birinchi)
Yangi mavzu bayoni.

Tabiatning uyg’onish davri bolgan baxor chogi lola-yu gullarning ochilishi butun borliqning chamanzorlarning tusini olishi ,sayroqi qushlarning chamanzorlar ichra yoqimli xonishlari katta-yu kichik qalbiga o’zgacha ta’sir ko’rsatadi,olam –olam quvonch va zavq bag’ishlaydi. Bu kabi go’zal manzaralar xalqimizning shoirta’b iste’dodli vakillari tomonidan to’qilgan ko’plab she’r va qo’shiqlarida tarannum etilgan. Jumladan , ”Bahor keldi” nomli xalq qo’shig’ida bu faslning betakror tarovati shunday vasf qilinadi:

Bahor faslida qir-adirlarda lola-gullar ochilib, tabiat manzaralari yanada go’zal tus oladi. Shunday damlarda xalqimiz lola sayli bayramini o’tkazgan. Yoshlar,o’spirin bolalar qir-adirlarda sayr qilishib, quchoq-quchoq lola terishgan, so’ngra ularni qo’ni-qo’shnilarga .qarindosh-urug’lariga ulashishgan hamda lola haqida qo’shiqla kuylab,turli o’yinlar o’ynashgan.
Dars yakuni.
O’quvchilarni baholash,rag’batlantirish.
Uyga vazifa . Qo’shiqni yod olish.
Yüklə 6,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin