O‘quvchilarning 14-nazorat ishi bo'yicha yozma ishlari tahlil qilinadi. Ko‘proq xatolikka yo‘l qo'yilgan yozma ish topshiriqlari doskada yechib ko‘rsatiladi.
839-mashqdagi misolni yechish orqali 1000 ichida 396 : 3 ko‘rinishdagi misollarni yechish qoidalari tushuntiriladi. Har bir o‘quvchi bu qoidalami yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.
840-mashq misollari mustaqil bajariladi. Shu bilan birga o‘quvchilar misolni doskada ham yechadilar.