MUSTAHKAMLASH: 1.Istak gaplar haqida ma’lumot bering.
2.Istak gap tuzing.
3.Istak gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi.
Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa:Mustahkamlash
Sana:_________________ Sinf: ________________ Mavzu: HIS-HAYAJON GAP Darsning maqsad: a) ilmiy maqsad - his-hayajon gap haqida ma'lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad - tabiatni asrash ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad -yozma va og'zaki nutq savodxonligini oshirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya: – o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: –sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: surat, istalgan shoirning to’plami.
Darsning rejasi 1.His-hayajon gap haqida ma'lumot.
2.His-hayajon gaplarda tinish belgilari.
Mavzu o’quvchilarga boshlang'ich sinfonatili darsligidan tanish undov gap mavzusi bilan o’rganilgan. Shuning uchun his-hayajon gap va undov gap birma'noni ifodalashini aytib, birinchi kirishtopshirig'ida berilgan rasm asosida ishlash mumkin. Agar bolalar qiynaladigan bo’lsa, ikkinchi topshiriqni hajarib, qoidalarni batafsil tushuntirib, keyin rasmga murojaat qilsa ham bo’ladi. Rasm asosida gaplar tuzilganda his-hayajon gap hosil qiluvchi vositalarning turlicha bo’lishiga erishish kerak hamda yozuvda qanday tinish belgisi ishlatilishi so’raladi. His-hayajon gaplar aksariyat badiiy asarlarda, ayniqsa, she'rlarda ko’p uchrashi aytilib, istalgan sholrning to’plamidan mavzuga mos keladigan ikki-uch she'riy fodali o’qib eshittiriladi. Agar o’quvchilar yodlagan she'rlar bo’lsa yana ham yaxshi.
Mashqlarni bajargach his-hayajon gaplarning talaffuzi, ohangi, yozuvda qo’llanadigan tinish belgisi baravar tahlil qilib ketiladi. Ba'zan tabiiy ravishda yuzagakelgan vaziyat, holatlar o’qituvchiga juda qo’l keladi. Masalan: ushbu mavzu mashqlarini ishlash davomida o’quvchi undov gapni darak gap ohangida o’qishi ko’p uchraydi. Shunda o’qituvchi barchaning e'tiborini tortib:
- E'tibor bering, hozirgi o’qilgan jumla his-hayajon gap bo’ldimi?- deb so 'raydi.
- Yo 'q, his-hayajon gap bo 'Imadi, chunki his-hayajon ohangi bilan o‘qilmadi, - qabilidagi javob olishga erishishi kerak.
MUSTAHKAMLASH: 1.His-hayajon gaplar haqida ma’lumot bering.
2.His-hayajon tuzing.
.His-hayajon oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi.