I.Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning borishi: II.O’tilgan mavzuni takrorlashSavol-javob o’tkazish
III.Yangi mavzu bayoni: 1. Zid ma'noli so’zlar haqida ma'lumot.
2. Zid ma'noli so’zlarning qo’llanilishi.
Bu mavzu oldingi mavzularga nisbatan ancha oson o’zlashtiriladi. Darsni shakli, yo’nalishi hamda usullariga ko’ra oldingi ikki dars qolipida olib borish mumkin. Faqat ulardagi ayrim topshiriqlarni, usullarni mazmun, mohiyat e'tiboriga ko’ra zid ma'noli so’zlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun o’qituvchi bu boradae'tiborliroq bo’lishi kerak.
Gaplardagi zid ma'noli so’zlarni, yuqorida aytilganidek, bolalar oson topadilar. Mashqlarni bajartirar ekan, o’qituvchi bor narsani faqat qayd etish bilan chegaralanib qolmasligi darkor, ya'ni bu gapdagi falon-falon so’zlar zid ma'noli so’zlardir, deb qo’yish bilan ish bitmaydi. Asosiy maqsad ana shu zid ma'noli so’zlar orqali ifodalanayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy- axloqiy tushunchalarni yosh avlod ongiga singdirishdir.
Misol tariqasida:Do’st achitib gapiradi, dushman kuldirib. O’quvchilar bu gapdagi zid ma'noli so’zlarni topadilar: do’stlarimiz- dushmanlarimiz. O’qituvchi savol beradi: Do’st kim-u, dushman kim? O’quvchilar bu savol bo’yicha o’z fikrlarini bayon etishgach, o’qituvchi mazkur zid ma’noli so’zlar juftligini quyidagicha kengaytirib izohlashi mumkin: Do’stlar -Vatanimizga, xalqimizga xayrixoh, yaxshi kunlarda quvonchimizga sherik, og‘ir kunlarda hamdard mamlakatlar, xalqlar yoki guruhlar. Dushmanlar esa ularning aksi. Ularning qilmishi sifatida 1999-yil 16-fevraldaToshkent shahrida yuz bergan portlashlar, Prezidentimizga suiqasd qilinishi, begunoh odamlar qonining to’kilishi va boshqa hodisalarni misol qilib keltirish mumkin. Sluiningdek, mashqlarda uchraydigan oq-qora, egri-to 'g'ri juftliklari orqali hayotdagi, jamiyatdagi ma'naviy, axloqiy tushunchalarni solishtirish, qiyoslash va oxirida unumlashtirish kerak. Uyga zid ma'noli so’zlar ishtirok etgan maqollarni topib, yozib kelish topshirig'i berilar ekan, albatta, ana shu kabi qiyoslash, solishtirish va umumlashtirish vazifasini iqtidorli o’quvchilarga yuklash kerak. Keyingi darsda baholashda ko’proq shu sifatga urg'u berish kerak.