I. Darsning borishi: a)salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: Doston, hikoyamiz boshida aytganimizdek, shoirning bolalik davri esdaliklari bilan boshlanadi. Uzun tunlar jim yotib onasidan tinglagan ertaklarni eslar ekan, shoir ularning kuchini o‘zida sezganini aytadi.
Aziz bolalar, shu o‘rinda bir muhim masalaga e’tiboringizni tortmoqchimiz.
Dunyoda kattalardan ertag-u doston eshitmagan bola bo‘lmasa kerak, to‘g‘rimi? Lekin nima uchun barcha bolalar katta bo‘lishgach shoir yoki yozuvchi bo‘lmaydi? Nima uchun minglab tengdoshlari orasidan faqat Hamid Olimjongina mashhur ijodkor bo‘lib yetishdi?
Gap shundaki, dunyodagi barcha insonlarda qandaydir iste’dod, qobiliyat yashiringan bo‘ladi. Kimdir yerni yaxshi ko‘rsa, boshqa bolani osmondagi yulduzlar qiziqtiradi. Bir bola eshitgan qo‘shig‘ini darrov yod olib, borayotgan yo‘lida xirgoyi qilib yursa, yana bir bola o‘yinchoq kubiklardan chiroyli imoratlarni yasab zerikmaydi. Hamma gap o‘sha qobiliyatni tinimsiz rivojlantirib borishdadir. Buning uchun esa har bir odam, birinchi navbatda, o‘zi harakat qilmog‘i, qiziqqan narsasini oxiriga qadar bilib olmaguncha tinib-tinchimasligi kerak. Agar shunday qilinmasa, qobiliyat so‘nishi yoki o‘smay qolishi mumkin.
Demak, yosh Abdulhamidda tug‘ma shoirlik iste’dodi bo‘lgan, u o‘zidagi iste’dodga jiddiy qarab, uni doimiy rivojlantirishdan charchamagan ekan-da. Onasining ertaklari, maktab va o‘quv yurtlarida mutolaa qilgan kitoblari esa bu iste’dodning yanada charxlanib, o‘tkirlashib borishiga zamin yaratgan. Shuning uchun, garchi shoir «Oygul bilan Baxtiyor» ertagini onasidan eshitganini aytsa-da, bugun Siz o‘qiyotgan ertak-dostonning chuqur mazmun-mohiyati, go‘zal satrlari uni badiiy qayta ishlagan shoir mahoratining mevasi ekanini unutmasligimiz kerak.
Endi yana dostonning o‘ziga qaytamiz.
Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og‘ir ahvolga tushgan xalq o‘zini qul qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko‘taradi. Bunday qo‘zg‘alonlar dunyo xalqlari tarixida ham, bizning yurtimiz o‘tmishida ham ko‘p marotaba bo‘lgan. Agar Siz 2000-yilda chop etilgan «Bolalar ensiklopediyasi» kitobining 469-sahifasini ochsangiz, unda miloddan avvalgi 329-328-yillarda qadimgi So‘g‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘alonining rahbari jasur bobomiz Spitamen to‘g‘risidagi ma’lumotga duch kelasiz. Demak, ozodlikka, hur va erkin yashashga bo‘lgan intilish bizning xalqimiz ruhini hech qachon tark etgan emas.
Jambildagi qo‘zg‘alonga esa keksa qul Darxon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilardi. Kuchlar teng bo‘lmagani tufayli qo‘zg‘alonchilar mag‘lubiyatga uchrab, Darxon, qizining ko‘z o‘ngida, zolim xon tomonidan qatl etiladi.
Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan Tarlon ismli keksa qul zindonda yotgan Oygulni qutqarishga jazim etadi. Qizni sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi. Sandiqqa Oygul uchun yetadigan non ham solib qo‘ygan edi.
Bolalar, bundan oldingi darslarda Siz ertaklarning sehrli olamiga sayohat uyushtirgan edingiz. Hamid Olimjon ham onasi aytib bergan ertaklar ichida «Tohir va Zuhro»ni eslaydi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha ertakda ham bosh qahramonlardan biri Tohir Amudaryoda sandiqda oqib ketadi. Bundan ko‘rinadiki, ertaklar orasida o‘xshash manzaralar tez-tez uchrab turar ekan.