Forobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. F. Sirdaryo sohilidagi Forob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi
Farobiyning fanlar tasnifi
Farobiyning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar oʻz vazifasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Mas, matematika, tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aqlzakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika, sheʼriyat va mantiq esa fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini oʻrgatadi. Xullas, F.ning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun qoʻllanma vazifasini oʻtadi
Mutafakkir borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin" taʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. F. xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muxtoj emas. U yaratadi, lekin boshka narsalar tomonidan yaratilmaydi.
Farobiy mantiq ilmining shakllari
tushuncha, muhokama, xulosa, isbot va boshqalarni tahlil qiladi. U induksiya, deduksiya va sillogizm (qiyoslash) haqida batafsil maʼlumot beradi. Olim oʻzining "Mantiq ilmiga kirish" asarida esa hech qanday dalilisbotsiz bilinadigan fikrlarni 4 ga taqsimlaydi: maqbulot (yaʼni maqbul boʻlgan fikrlar); mashhurot (yaʼni, mashhur boʻlgan); mahsulot (yaʼni sezish va idrok natijasida boʻlgan); boshlangʻich maʼqulot (yaʼni bilimtushunchalar). F. ularning har birini mufassal tasvirlaydi. Olim mantiq ilmi va uning maqsad hamda vazifalari, voqelikni bilishdagi oʻrnini aniq koʻrsatib bera olgan.
Farobiyning dunyoqarashi
uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Oʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn alKiftiy, Ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqa Forobiyning taʼlimotini chuqur oʻrganib, uni yangi gʻoyalar bilan boyitganlar