San’atning mohiyati va uning turlari San’at turlari va ularning o’zaro aloqadorligi



Yüklə 8,08 Kb.
səhifə1/3
tarix19.04.2023
ölçüsü8,08 Kb.
#100580
  1   2   3
San’atning mohiyati va uning turlari-fayllar.org


San’atning mohiyati va uning turlari

San’atning mohiyati va uning turlari

San’at turlari va ularning o’zaro aloqadorligi

San’at- estetik tadqiqot obyektining umumiy nomi, mushtarak tushuncha. Xususiy tushuncha sifatida u voqelikni go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va tubanlik kabi qadriyatlar va aksilqadriyatlar orqali muayyan xil, tur hamda janrlar doirasida in’ikos ettiradigan badiiy ijod mahsulini anglatadi. Shu bois san’atni xil, tur va janrlarga bo’lib, estetik tadqiq etish odat tusiga aylangan. Biroq ana shu “ bo’lib o’rganish”, ya’ni tasniflashtirish, turkumlashtirish bir qarashda osondek ko’rinsa-da, aslida estetikadagi murakkab va chalkashliklarga to’la muammo sanaladi. Bu borada o’nlab nuqtayi nazarlar bo

Me’morlik

Bu san’at turining paydo bo’lishi insonning turar joyga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan va odamning estetik tabiati uni tobora go’zallashtirib borishni talab etgan. Keyinchalik bu talab o’limdan keyingi “ turar joyga” maqbaralarga tatbiq etilgan. Undan so’ng hukmdorlar saroylari, devonxonalar turli rasmiy va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar ham ana shu go’zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy sariyi va boshqalar shular jumlasidan

Ko’rgazmali- amaliy san’at

Ko’rgazmali- amaliy san’at qadimdan, mehnat qurollari, hunarmandchlikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo’llaniladigan ashyolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go’zallshtirish orqali estetik talablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning san’atga aylanishi ro’y beradi. M ., aytib o’tganimizdek, XVIII- XIX asrlardagi Buxoro- Qo’qon uslubida naqshlangan go’zal mis qumg’onlar dastlab faqat o’zining muayyan maqsadga xizmat qilishi bilan diqqatga sazovor edi. 

Rassomlik san’ati

Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtayi nazardan mo’yqalam va bo’yoqlar vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Buning yorqin misoli sifatida istedodli o’zbek rassomi V. Oxunovning “ Tashlandiq odam” asarini ko’rsatish mumkin. Unda rang, nur, soya fonida baland kunda va unga qo’yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan kunda bir olam, bosh o’zi bir olam. Diqqat bilan kuzatsangiz, qaysi rakursdan qaramang, kundaga qo’yilgan olamni ko’rasiz va ekzistensiyachilar ta’biri todingizga tushadi, o’z holiga tashlab qo’yilgan olamdagi tashlandiq odam.


Yüklə 8,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin