Sanoat. Avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi


— 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”



Yüklə 20,51 Kb.
səhifə3/3
tarix10.05.2023
ölçüsü20,51 Kb.
#110830
1   2   3
Sanoat. Avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi

2019 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va texnologik jihozlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ:
a) ikki oy muddatda:
tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalari jalb etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish qismida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlanishini taʼminlasin;
b) 2019-yil 1-dekabrga qadar:
5-ilovaga muvofiq, “Oʻzavtosanoat” AJning 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha “General Motors” kompaniyasi bilan muzokaralar nihoyasiga yetkazilishi va bitimlar tuzilishini;
5-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobiga eng qulay shartlarda kamida 700 million AQSH dollarini jalb etishni;
avtomobil sanoatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, jumladan, 6-ilovaga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarining ustav kapitallaridagi “Oʻzavtosanoat” AJning ulushlari (aksiyalari)ni sotish orqali investorlar jalb etishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJning yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi oʻrinda — rasmiy diler)ga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni toʻlash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturini 2019-yil 1-oktyabrdan tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Yüklə 20,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin