Tanga pullarning rivojlanish tarixi Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki tanga
pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan avvalgi VII asrda paydo
bo‘lganligini ta’kidlaydi. Manbalarga ko‘ra, birinchi oltin pullar bizning eramizgacha bo‘lgan
VII asrda Lidiya shohi Gigesning buyrug‘i bilan zarb etilgan. Oltinga o‘zining tasvirini tushirib
zarb qilgan birinchi shox Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi, o‘sha davrda oltinning qiymati
uning probasi va og‘irligi bilan o‘lchanar edi.
AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan, shu davrga qadar va undan keyin uzoq
muddat davomida mamlakatda xorijiy mamlakatlarning tangalari to‘lov vositasi sifatida amal
qilgan. Mamlakatda ayrim xorijiy tangalar 1857 yilgacha to‘lov vositasi sifatida muomalada
ishtirok etdi.
Muomalada oltin tangalar to‘lov vositasini bajarganda ular haqiqiy pul sifatida o‘zining
sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik ravishda boshqarilib turish xususiyatiga ega
bo‘lgan. Ya’ni, ularni hozirgi paytdagi kabi qog‘oz pullarni emissiyasi orqali tartibga solib
turishga ehtiyoj bo‘lmagan. Agar oltin tangalarning hajmi ehtiyojdan ortib ketadigan bo‘lsa, ular
boylik sifatida avtomatik tarzda jamg‘armaga o‘tadi, aksincha bo‘lganda esa to‘lov vositasi
sifatida muomalaga chiqadi. Shu bois ham oltin tangalar to‘lov vositasini bajargan paytda pul
tizimini tartibga solish apparati va pul – kredit siyosatini amalga oshirishga ehtiyoj bo‘lmagan.
O‘zbekiston hududida dastlabkimetall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy
shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil
etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda,
ya’ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm,
Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga
olsak, ushbu “darik”lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar
bo‘lgan desak xato qilmaymiz.
Miloddan avvalgi 330 – 327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini tor
– mor qilib, hozirgi O‘zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug‘diyonaga bostirib kiradi.
Makedoniyalik Iskandar surati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g. bo‘lgan kumush draxma,
vazni 8,2 g. bo‘lgan kumush didraxma (ikki draxma) hamda vazni 16,4 g. bo‘lgan kumush
tetradraxma (to‘rt draxma)lar zarb qilinib, ular muomalada bo‘lgani ma’lum. Shuningdek, vazni
8,4 g. bo‘lgan oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq bo‘lgan kumush dekadraxma ham
zarb qilingan.
Yunon – Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 donaga yaqini
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida topilgan. Ushbu davlat pul tizimi asosini o‘sha
paytda draxma, didraxma, tetradraxma va dekadraxmalar tashkil etganligi tarixiy manbalardan
ma’lum.
O‘rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida sosoniylar tasarrufida
bo‘lgan. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston xududida turli davrlarda zarb etilgan tangalar
muomalada bo‘lgan. Jumladan, sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va bronzadan zarb
qilingan bo‘lib, ularda sosoniy shohlariing suratlari bilan birga, turli hayvonlar va qushlar aksi
ham tushirilgan.
Hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi V asrning ikkinchi yarmida Sirdaryoning sharqiy
sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar
tomonidan bosib olinadi.
EftaliylardavridaO‘rtaOsiyoastasekinrivojlanaboshlagan. Xalqarosavdohamrivojlangan.
TashqisavdoasosanXitoy, Xindiston, Eronva Vizantiya (Rum) bilanamalgaoshirilgan.
Eftaliylar dastlabki paytlarda sasoniy hukmdorlari Bahrom va Perozning kumush
tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy sababi sifatida sosoniylar tomonidan
eftaliylarga o‘lpon sifatida to‘langan juda ko‘p miqdordagi kumush tangalar xazinada
to‘planganligiga bog‘liq deb taxmin qilinadi.
Eftaliylar hukmronligi davrida juda ko‘p miqdorda, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 200
dan ko‘proq marta metall tangalar zarb qilingan. Har bir viloyat, har bir yarim qaram xudud o‘zi
tanga zarb qilish huquqiga ega bo‘lgan.
Umuman, V – VI asrlarda hozirgi O‘zbekiston hududiga shimol va sharq tomonlardan
turli ko‘chmanchi xalqlar tinimsiz bosqinchilik qilib kirib kela boshlaydi. VIII asrning o‘rtalarida
O‘rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinib, o‘lkada islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt
Movarounnahr deb atala boshlaydi. Shu davrdan boshlab muomalada bo‘lgan metall tangalar
ko‘rinishida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Asta – sekin tangalardan shoh va hokimlarning
suratlari o‘rnini islom oyatlari egallaydi.
Natijada «kufi» nomibilantarixdama’lumbo‘lgantangalardavriboshlanadi.
Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan keyin xalifa
Abdumalik 696 yilda imperiyaning butun hududida yagona pul tizimini joriy etdi. Shu davrdan
boshlab, yirik savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm bo‘lgan oltin dinor zarb
etilgan. Maosh va soliqlar to‘lovi uchun vazni 2,8 gramm bo‘lgan kumush drahmalar
chiqariladi. Kundalik savdo – sotiq esa mis tangalar – fuluslar yordamida (yunoncha «follis»
hamyon ma’nosini anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham
o‘sha davrda muomalada bo‘lgan.
IX asrga kelib, Movarounnahrda somoniylar davlati vujudga keladi. Somoniylar xalifa
hukmronligini rasman tan olishgan bo‘lsada, ular amalda mustaqil edilar. Somoniylar
davlatining poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan. Somoniylar davlati o‘z tasarrufiga hozirgi
O‘zbekistonning asosiy qismi, Turkmaniston va Tojikiston hamda Eronning Xuroson viloyatini
qamrab olgan, markazlashgan davlat edi. Bu davlat taxminan 120 yildan ko‘proq muddat
davomida mavjud bo‘ldi.
XII asrning o‘rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib ketadi.
XII asr 80 – 90 yillariga kelib Xorazm o‘ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni
bo‘ysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172 – 1200 yillar) va uning o‘g‘li
Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan.