Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix29.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71261
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish

 
 
3-Mavzu. Innovatsion rivojlanish konsepsiyasi
 
3.1 Innovatsion faoliyatni asosiy tushunchalari. 
3.2 Texnologik bosqichlarning evolyusiyasi. 
3.3 Innovatsiyalarning rivojlanish modellari. 
3.4 YAngilikni yaratilishi va uning xarakteristikasi. 
3.1 Innovatsion faoliyatni asosiy tushunchalari. 
Innovatsiya deb yangi ko‗rinishda mahsulot (tovar, ish, xizmat) yaratilishini yoki 
takomillashtirilishini, ishlab chiqarish jarayonining yangi ko‗rinishi joriy qilinishini yoki ushbu 
jarayonning takomillashtirilishini, biznesni yuritishda yangi marketing yoki tashkiliy usullarning 
joriy qilinishini, ish o‗rinlari tashkil etishni yoki tashqi aloqalar o‗rnatilishini o‗zida 
mujassamlashtirgan innovatsiyaviy faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi. 
Hisobot shaklida texnologik innovatsiyalar deganda yuridik shaxsning texnologik yangi 
mahsulotlar va jarayonlarni, shuningdek mahsulotlar va jarayonlarda sezilarli darajada 
takomillashtirishlarni, texnologik yangi va sezilarli darajada takomillashtirilgan xizmatlarni, 
xizmatlar ishlab chiqarilishi (etkazib berilishi) bo‗yicha yangi yoki sezilarli darajada 
takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‗liq faoliyati nazarda tutiladi. 
Texnologik innovatsiyalar yuridik shaxs tomonidan birinchi marotaba ishlab chiqilayotgan 


mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar va usullar shaklida (agar ular boshqa yuridik shaxslar 
tomonidan qo‗llanilayotgan bo‗lsa ham) bo‗lishi mumkin. 
Texnologik innovatsiyalarning ikkita turi mavjud. Bular: mahsulotlar bo‗yicha 
innovatsiyalar va jarayonlar bo‗yicha innovatsiyalar. 
Sanoat ishlab chiqarishida mahsulot bo‗yicha innovatsiyalar texnologik yangi va 
takomillashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash va joriy etishni o‗z ichiga oladi. Texnologik yangi 
mahsulot – texnologik xususiyatlari (funksional belgilari, konstruktiv yo‗l bilan bajarilishi
qo‗shimcha operatsiyalari, shuningdek qo‗llaniladigan tarkibiy qismlar va materiallar tarkibi) 
yoki qo‗llanilish maqsadi prinsipial jihatdan yangi yoki yuridik shaxs tomonidan ilgari ishlab 
chiqarilgan shunga o‗xshash mahsulotdan sezilarli darajada farq qiluvchi mahsulotdir. Bunday 
innovatsiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki mavjud texnologiyalardan, 
tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bo‗lishi mumkin. 
Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot – bu yuqoriroq samarali tarkibiy qismlar 
va materiallardan foydalanish, bir yoki undan ortiq texnik tarkibiy qismlarini qisman o‗zgartirish 
(kompleks mahsulotlarda) yo‗li bilan ishlab chiqarilishining sifat bo‗yicha xususiyatlari 
yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan mahsulotdir. 
Mahsulotlar bo‗yicha innovatsiyalar Sizning tashkilotingiz uchun yangi bo‗lishi kerak. 
Ular bozor uchun yangi bo‗lishi shart emas. Innovatsion mahsulotlar Sizning tashkilotingiz yoki 
boshqa tashkilot tomonidan tayyorlanganining ahamiyati yo‗q. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin