Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Jarayonlar bo„yicha innovatsiyalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/24
tarix29.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71261
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish

Jarayonlar bo„yicha innovatsiyalar texnologik yangi yoki texnologik jihatdan sezilarli 
darajada takomillashtirilgan ishlab chiqarish, shuningdek mahsulotlarini etkazib berish usullarini 
ishlab chiqish yoki joriy etishni o‗z ichiga oladi. Bu turdagi innovatsiyalar yangi ishlab chiqarish 
asbob-uskunalaridan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yangi usullaridan 
foydalanishga yoki ularni birgalikda qo‗llashga, shuningdek tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan 
foydalanishga asoslangan bo‗lishi mumkin. Bunday innovatsiyalar, odatda, tashkilotda ilgari 
mavjud bo‗lgan mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki etkazib berishning samaradorligini 
oshirishga qaratilgan bo‗lishi, shuningdek odatdagi usullar yordamida amalga oshirish imkoni 
bo‗lmaydigan texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish 
yoki etkazib berish uchun mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin. 
Jarayonlar bo‗yicha innovatsiyalar Sizning tashkilotingiz uchun yangi bo‗lishi kerak. 
Siznig tashkilotingiz bu innovatsiyalarni birinchi bo‗lib joriy qilgan bo‗lishi muhim emas. 
Jarayonlar bo‗yicha innovatsiyalar Sizning tashkilotingiz yoki boshqa tashkilot tomonidan ishlab 
chiqilganligining ahamiyati yo‗q. 
Texnologik innovatsiyalarga quyidagilar kirmaydi: 

mahsulotdagi estetik (rangida, bezatilishida) o‗zgartirishlar; 

mahsulotning konstruktiv vazifalarini o‗zgartirmaydigan, uning yoki tarkibiy qismi 
hisoblangan materiallar va komponentlarning ko‗rsatkichlariga, xususiyatlariga, narxiga etarlicha 
sezilarli ta‘sir ko‗rsatmaydigan texnik va tashqi ko‗rinishda sezilarsiz darajadagi o‗zgartirishlar; 

vaqtinchalik talabni va tashkilotning daromadlarini ta‘minlash maqsadida tashkilot 
tomonidan ilgari ishlab chiqarilmagan, ammo mahsulotlar, ishlar, xizmatlar bozorida etarlicha 
ma‘lum bo‗lgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishini yo‗lga qo‗yish (boshqa 
ixtisoslik bo‗yicha bo‗lishi ham mumkin) evaziga ularning turlarini ko‗paytirish. Masalan, 
mashinasozlik zavodida mavsumiy talabdan foydalangan holda yozgi davrda boshqa ixtisoslik 
bo‗yicha mahsulot, ya‘ni mix ishlab chiqarilishi

ma‘lum modeldagi qo‗shimcha dastgohlarni o‗rnatish, hatto ularni shu modelning 
oxirgi modifikatsiyaga almashtirish evazi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish; 

to‗laligicha boshqa tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan va tayyorlangan 
innovatsion tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish; 

tashkiliy va boshqarish bo‗yicha o‗zgartirishlar. 
Xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun xususiyatlari, foydalanish usullari 
prinsipial jihatdan yangi yoki texnologik jihatdan takomillashtirilgan (sifatli) xizmatlar - 
texnologik innovatsiyalar hisoblanadi. Xizmatlar ishlab chiqarish va etkazib berishning sezilarli 


darajada takomillashtirilgan usullaridan foydalanish ham texnologik innovatsiyalar hisoblanadi. 
Bu mavjud ishlab chiqarish usullaridan foydalangan holda yoki mavjud xizmatlarni ishlab 
chiqarish yoki etkazib berishning samaradorligini oshirgan holda, ishlab chiqarila yoki etkazib 
berila olinmaydigan yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan xizmatlarni ishlab chiqarish 
yoki etkazib berish bilan bog‗liq bo‗lgan asbob-uskunalardagi yoki ishlab chiqarishni tashkil 
qilishidagi o‗zgarishlarni qamrab olishi mumkin. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin