Sanoat ishlab chiqarishni prognozlash va rejalashtirish Reja



Yüklə 10,9 Kb.
səhifə1/4
tarix19.05.2023
ölçüsü10,9 Kb.
#117205
  1   2   3   4
Sanoat ishlab chiqarishni prognozlash va rejalashtirish Reja-fayllar.org


Sanoat ishlab chiqarishni prognozlash va rejalashtirish Reja

Sanoat ishlab chiqarishni prognozlash va rejalashtirish
Reja:
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat
qilishning iqtisodiy tabiati va obyektiv zaruriyati.
2. Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish.
3. Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi.
4. Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi.
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning
iqtisodiy tabiati va obyektiv zaruriyati
Iqtisodiyot bo`yicha zamonaviy adabiyotlarda va qo`llanmalarda rejalash­tirishga mo`ljallangan ish yoki ma`lum bir harakatlarni bajarish muddati, tartibi va ketma-ketligini ko`zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh berilgan.
Bozor munosabatlariga o`tgandan so`ng rejalashtirish bir oz yoddan ko`tarilib qoldi. Hattoki rejalashtirish xo`jalik yuritishning bozor mexanizmiga to`g`ri kelmaydi yoki bozor rejalashtirishga ziddir, degan fikrlar ham paydo bo`ldi.
Rejalashtirish tufayligina korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyalarning optimal vari’antlarini tanlaydi, resurslar bilan o`z vaqtida ta`minlash vazifasini bajaradi, asosiy va aylanma vositalarga ehtiyojni belgilab beradi, mahsulotni sotish kanallari va usullarini aniqlaydi. Bundan tashqari, rejalashtirish ishlab chiqarish zahiralari va raqobatdagi ustunliklardan maksimal darajada foydalanish, iqtisodiyotdagi yangi oqimlarni anglab olish, korxona faoliyatidagi kamchiliklarni yo`qotish va turli xil tavakkalchiliklarni kamaytirishga imkon beradi. Har bir korxonani tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi aynan rejalashtirishdan boshlanadi.
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi.
Rejalashtirish va prognozlashtirish o`zaro aloqada bo`lgan ikkita jarayon bo`lib, xo`jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko`zda tutadi.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish ham katta rol` o`ynaydi. Bashorat qilish xo`jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko`ra bilishini ifodalaydi.
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o`z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish – o`rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish – qisqa muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo`nalishlarning ikkalasi ham o`zaro uzviy aloqada bo`lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog`laydi.

Yüklə 10,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin