Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Byudjet va sug’urta to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblarni quyidagi misolimizda qo’rib chiqamiz



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə118/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Byudjet va sug’urta to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblarni quyidagi misolimizda qo’rib chiqamiz:
1. Korxona ishchi va xizmatchilarning ish haqidan amaldagi qonunlarga asosan soliqlar ushlab qolindi – 150.000 so’m.
2. Bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha QQS byudjetga hisoblandi – 200.000 s.
3. Korxonaning hisob varog’idan byudjetga qarzlari to’landi – 300.000 so’m.
Yuqoridagi misolimizga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
1. Debet: «Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti – 150.000 so’m.
Kredit: «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik schyoti – 150.000 so’m.
2. Debet: «Olinadigan schyotlar» schyoti – 200.000 so’m.
Kredit: «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» schyoti – 200.000 so’m.
3. Debet: «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» schyoti – 300.000 so’m.
Kredit: «Hisob-kitob» schyoti – 300.000 so’m.

Mol-mulk va resurs soliqlar hisobi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq solish ob’ekti quyidagilardir:
1) asosiy vositalar, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar;
2) nomoddiy aktivlar;
3) tugallanmagan qurilish ob’ektlari. Tugallanmagan qurilish ob’ektlari jumlasiga muayyan qurilish ob’ektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo’lsa, qurilish boshlanganidan e’tiboran yigirma to’rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar kiradi;
4) belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar. Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar jumlasiga montaj qilinishi talab etiladigan hamda rekonstruktsiya va (yoki) modernizatsiya qilinayotgan ob’ektlarda loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatlarga muvofiq kapital qo’yilmalar hisobiga ishga tushiriladigan asbob-uskunalar kiradi. Loyiha-smeta hujjatlarida asbob-uskunalarni ishga tushirish muddatlari bo’lmagan taqdirda, buyurtmachi sifatida ish ko’rayotgan yuridik shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlangan muddatlar soliq solish ob’ektini belgilash uchun qabul qilinadi, lekin bu muddatlar asbob-uskunalar montaj qilishga topshirilgan paytdan e’tiboran bir yildan ko’p bo’lmasligi kerak.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin