ishonchnoma xo’jalik sub’ekti rahbari, bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va muhrlangan bo’lishi kerak.
Tovar oluvchi xo’jalik sub’ekti vakili nomiga berilgan ishonchnomaga asosan to’ldirilgan yuk xatida olinayotgan tovar nomi, miqdori, bahosi va jami chiqarilayotgan tovarlar summasi ko’rsatiladi.
Ishonchnomaga asosan tovar oluvchi xo’jalik sub’ekti vakiliga berilgan tovarlar uchun to’liq javobgarlik yuk oluvchi xo’jalik sub’ekti vakili zimmasiga o’tkaziladi, chunki tovar oluvchi xo’jalik sub’ekti vakili tovarni son va sifat jihatidan tekshirib olishi shart. Bunday tovarlar chiqarilayotganda moddiy javobgarlik bevosita ishonchnoma bergan xo’jalik sub’ekti vakiliga yuklanadi.