Analitik hisobga yozish uchun asosiy ma’lumotlar ikki hujjatdan ya’ni, birinchisi tovar va mahsulotlarning kirimga qabul qilinganligini ko’rsatuvchi hujjatlardan, ikkinchi hujjat bevosita ularning chiqim qilinganligini ko’rsatuvchi hujjatlardan olinadi.
Analitik hisob ma’lumotlarning kirim va chiqim qismlarining jami sintetik schyot oborotlarida o’z aksini topadi.
Buxgalteriya hisobining sintetik schyotlari tayinlanishi, ya’ni vazifasiga ko’ra aktiv va passiv schyotlarga bo’linadi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini iqtisodiy mazmuniga ikki guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Xo’jalik mablag’larining joylanishini ko’rsatuvchi schyotlar.
Xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalarini ko’rsatuvchi schyotlar.
Xo’jalik mablag’larining joylanishini ko’rsatuvchi schyotlar aktiv (faol) schyotlar hisoblansa, mablag’larning tashkil qilish manbalarini ko’rsatuvchi schyotlar nofaol, ya’ni passiv schyotlar deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlash balans tuzilishidagi o’rnini ham ifoda etadi.
Aktiv schyotlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mablag’lari, ularning joylanish holati hamda hisobot davri davomidagi harakatini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Passiv schyotlar xo’jalik mablag’lari yoki iqtisodiy resurslarning tashkil topshi manbalari, ularning holati hamda o’zgarishlarini aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Aktiv schyotlarda xo’jalik mablag’lari holati va harakati to’g’risida ma’lumot beruvchi aktivlar, ya’ni iqtisodiy resurslar, xarajatlar va zararlar aks ettiriladi.