3. Aktiv tomonda ko’payish, passiv tomonda ko’payish. Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
4. Aktiv tomonda kamayish, passiv tomonda kamayish.
To’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi.
Birinchi o’zgarishda jami balans summasi o’zgarmaydi. Misol: “Hisob-kitob schyoti”dan “Kassa”ga pul olindi – 20.000 so’m.
KORXONA BALANSI «_____» _______________ 20____ yil holatiga Aktiv Passiv
Joriy aktivlar.
Tovarlar pul mab-lag’lari.
Kassadagi pul mab-lag’lari.
Hisob-kitob schyoti
72800
100
100500
20000
20000
72800
20100
80500
2. Majburiyatlar.
b). Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar.
93400
2-bo’lim jami
173400
173400
2-bo’lim jami
93400
Balansni aktivi bo’yicha jami
293400
20000
20000
293400
Balansning passivi bo’yicha jami
293400
Yuqorida keltirilgan misolimiz bo’yicha o’zgarish faqat aktivning ikkinchi bo’limida bo’ldi, balansning jami summasi o’zgarmadi.
Xo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansda ro’y beradigan ikkinchi o’zgarishda balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarida o’zgarishga sabab bo’ladigan, lekin balansning umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan o’zgarishga aytiladi. Misol: Xodimlarga hisoblangan ish haqidan 7000 so’m daromad solig’i ushlab qolindi. Bu xo’jalik operatsiyasi bo’yicha balans moddalarida quyidagi o’zgarishlar sodir bo’ladi:
KORXONA BALANSI «____»_______________ 200___ yil holatiga
№
Bo’lim va moddalar
Boshlan g’ich qoldiq
O’zgarish
Oxirgi qoldiq
Bo’lim va moddalar
Sum-masi
o’zgarish
Oxirgi qoldiq
+
-
1 a)
Uzoq muddatli aktiv-lar.
Asosiy vositalar.
120000
120000
1. O’zlik mablag’lari-ning manbalari.
a). Ustav kapitali.
200000
200000
1 bo’lim jami
120000
120000
1-bo’lim jami
200000
200000
2 a) b) v) g)
Joriy aktivlar. Tovarlar pul mab-lag’lari.
Kassadagi pul mab-lag’lari.
Hisob-kitob schyoti
72800
100
100500
20000
20000
72800
20100
80500
2. Majburiyatlar.
b). Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar
v) Byudjetga daromad solig’i bo’yicha qarzlar
93400
7000
7000
86400
7000
2-bo’lim jami
173400
173400
2-bo’lim jami
93400
93400
Balansni aktivi bo’yicha jami:
293400
20000
20000
293400
Balansning passivi bo’yicha jami:
293400
7000
7000
293400
Demak, xo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansda bo’ladigan ikkinchi o’zgarish passiv tomonida amalga oshiriladi, jami bo’lim summasi ham, balans summasi ham o’zgarmaydi.
Xo’jalik operatsiyalari ta’siri ostida balansda bo’ladigan uchinchi o’zgarishda balansning aktiv va passiv tomonlarida summalarning ko’payishi sodir bo’ladi.
Misol: «Mahsulot yetkazib beruvchilardan» omborga 17000 so’mlik tovar qabul qilindi. Bu muomala ta’sirida omborlardagi tovarlarimiz 17000 so’mga ko’paygan bo’lsa, bir vaqtni o’zida mol yetkazib beruvchilardan shuncha summaga qarzimiz ham ko’paydi. Demak, bu muomala ta’sirida balansning aktiv va passiv tomonlarida summalarning ko’payishi sodir etildi. SHuningdek, balansning umumiy summasini ham ko’paytiradigan o’zgarish ro’y berdi.
To’rtinchi muomala: Korxona kassasidan ishchi xizmatchilarga 20000 so’m oylik ish haqi berildi. Ushbu muomala bo’yicha kassada pul kamaygan bo’lsa, shu vaqtning o’zida, korxonaning ishchi va xizmatchilardan ham qarz kamaydi. Ko’rinib turibdiki, balansning aktivida ham, passivida ham bu xildagi xo’jalik muomalasi ta’sirida kamayish sodir bo’ldi, shuningdek tegishli summaga balansning umumiy summasida ham kamayish ro’y berdi.
Ana shu o’zgarishlar buxgalteriya balansida o’z aksini topib, buxgalteriya balansini tuzish uchun maxsus tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Balans tuzish uchun schyotlarning boshlang’ich qoldiqlari, oylik oborotlari va qoldiqlari hisob-kitob qilinadi.
Buxgalteriya hisobida har bir schyot bo’yicha maxsus jurnal order yuritiladi, balans tuzishda ulardagi yozuvlar oy oxiriga hisob-kitob qilinib, har bir jurnal-orderning ma’lumotlari hisoblab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlarni balansga tayyorlash davrida schyotlarning boshlang’ich qoldiqlari, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlari debet va kredit tomonlari bo’yicha bir biriga tengligi ta’minlangandan keyin bu ma’lumotlar bosh daftarga ko’chiriladi.
Bosh daftardagi har bir schyotning qoldig’i balansning tegishli moddalarida ko’rsatiladi. Bosh daftardagi sintetik schyotlar ma’lumotlari aylanma qaydnomada umumlashtiriladi. Aylanma qaydnomani tuzish uchun har bir sintetik schyotni ko’rsatkichlari, boshlang’ich qoldig’i, oylik oboroti, oy oxiriga qoldig’i bo’yicha alohida-alohida ko’rsatiladi.
Quyidagi misolimizga asosan sintetik schyotlar bo’yicha oborot qaydnomasini tuzish tartibi bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun bizga quyidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi.
1. Sintetik schyotlar bo’yicha oy boshiga qoldiqlar .
№
Schyotlar nomi
Debet qoldiq
Kredit qoldiq
1.
Asosiy vositalar.
8 400 000
2.
Asosiy vositalarning eskirishi.
840000
3.
Materiallar.
416000
4.
Asosiy ishlab chiqarish.
205 000
5.
Kassa.
400 000
6.
Hisob-kitob schyoti
3 000 000
7.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar.
200 000
8.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar.
70 000
9.
Ustav kapitali.
11 311 000
Jami:
12 421 000
12 421 000
2. Oy davomida amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarining mazmuni va summasi: