Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Dt «Ta’sischilarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 1000000 Kt



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə92/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Dt «Ta’sischilarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 1000000
Kt «Oddiy aktsiyalar» 1000000
Sotilgan aktsiyalar uchun pul kelib tushganida
Dt «Pul mablag’lari» 500000
Kt «Ta’sischilarning Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzlari» 500000
Aktsionerlar lozim deb topgan paytda korxonaning Ustav kapitalini oshirish yoki kamaytirish to’g’risida qaror qabul qilishlari lozim. Ustav kapitalini ko’paytirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirish mumkin:
aktsiyalarning qo’shimcha emissiyasini amalga oshirish;
qo’shilgan kapital hisobidan oshirish;
taqsimlanmagan foyda hisobidan oshirish;
Ustav kapitalini kamaytirish hollari esa:
jamiyat tomonidan o’z aktsiyalarini qayta sotib olish va ularni bekor qilish;
jamiyatning qo’shilishi, bo’linishi yoki qayta tashkil q ilinishi kabi bir qator sabablar natijasida yuz berishi mumkin.
Ustav kapitalini oshirish yoki kamaytirish bilan bog’liq buxgalteriya yozuvlari ta’sis hujjatlariga rasmiy o’zgartirishlar kiritilgandan so’nggina tuzilishi mumkin.
Jamiyatning xo’jalik faoliyati davomida yangi mulkning paydo bo’lishi, yoki mavjud mulkning o’sishi yuz berishi va bu holat korxona aktivlarining ko’pa-yishiga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu qiymatliklarni kelib tushish manbalari va aktivlarning balans qiymatini o’sishini hisobga olish uchun buxgalteriya hiso-biga «qo’shilgan kapital» tushunchasi kiritilgan. Qo’shilgan kapital korxona o’z kapitalining tarkibiy qismi hisoblanib u buxgalteriya hisobining alohida ob’ekti hisoblanadi. Schyotlar rejasida qo’shilgan kapitalni hisobga olish uchun quyidagi schyotlar ochilgan:
«Emissiya daromadi»;
«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi».
«Emissiya daromadi» schyoti bo’yicha ochiq Aktsionerlik jamiyatida aktsiya-larni nominal qiymatdan ortiqcha sotish evaziga yuzaga kelgan daromad hisobga oli-nadi. Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo’lgan bu daro­mad qo’shilgan kapital sifatida ta’rif etiladi va bu holatda uni jamiyatning istemoliga yo’naltirish mumkin emas. Emissiya daromadini yuzaga kelish holatini quyidagi misol orqali ko’rish mumkin:
2-misol. Birinchi misolda keltirilgan Aktsionerlik jamiyati o’tgan hisobot davrida sotilmay qolgan 5000 dona oddiy aktsiyalarining har bir donasini 120 so’mdan sotishga erishdi. Bu xo’jalik muomalasi quyidagi bux­galteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin