Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Kontrakt tannarxini kalьkulyatsiya kilish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə137/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Kontrakt tannarxini kalьkulyatsiya kilish jarayonida, har bir kontrakt kalьkulyatsiya kilinayotgan mahsulotning alohida birligini bildiradi, shuning uchun har bir kontrakt buyicha xarajatlar bosh buxgalteriya kitobining alohida schyotida yig’ib boriladi. Xarajatlarning turli elementlari quyidagilar bilan bog’lik:
Asosiy materiallar

Kontraktga kiritiladigan materiallar ham maxsus sotib olingan materiallardan, ham pudratchining omborida mavjud bo’lgan materiallardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda tegishli xarajatlar kontrakt schyotiga debetlanadi. Ishlab chiqarish joyida materiallarni nazorat qilishga kontrakt shartlariga muvofiq mate-riallarni kelib tushishi va qurilish uchastkasidan ortiqcha materiallarni qaytarilishini hisobga olishning samarali tadbirlarini tashkil etishning qiyinligi to’sqinlik qilishi mumkin.
Ishlab chiqarish ishchilarning ish haqlari

Kontraktga kiritiladigan mehnat xarajatlari reja va hujjatlarni ishlab chiqish bilan bog’liq xarajatlar, korxonadagi ishlab chiqarish muomalalari va qu-rilish uchastkasidagi ishlardan iborat bo’ladi. Kontrakt bo’yicha qurilish uchast-kasidagi barcha ishlar to’g’ri mehnat sifatida qaraladi. Turli uchastkalardagi qu-ruvchilar tomonidan ish vaqtini ochib berish uchun ish vaqtini hisobga olib boruv-chi tabellarni yuritish zarurati paydo bo’lishi mumkin. Bunday mehnat xarajatlari kontrakt schyotiga debetlanadi.
To’g’ri xarajatlar

Materiallar va mehnatdan tashqari muhim axamiyatga ega bo’lgan kontrakt bilan bog’liq to’g’ri xarajatlar ham mavjud. Ushbu toifadagi xarajatlarga ikki asosiy moddalar, xususan ishlab chiqarish uskunalari va subpudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar kiradi.
Ishlab chikarish uskunalari

Ishlab chiqarish uskunalari kontrakt uchun maxsus sotib olinishi mumkin. Ushbu holatda kontrakt hisobvaragi sotib olingan uskuna tannarxiga debetlanadi. Yoki uskunalar boshka kontraktlar orqali berilishi ham mumkin. Bunday holatda qisman hisobdan chiqarilgan qiymat bizning kontrakt schyotiga debetlanadi va u hisobdan chiqarilgan kontrakt schyotiga kreditlanadi. Har bir hisobot davrining oxirida egalik huquqidagi ishlab chiqarish uskunalarining amortizatsiya summasi kontrakt hisobvaragida kreditlanib aks ettiriladi (ya’ni qoldiq keyingi davrga o’tkaziladi). Buxgalteriya yozuvlarining sof natijasi shundan iboratki, ish-lab chiqarish uskunalarining amortizatsiyasi kontrakt schyotiga avtomatik tarzda debetlanadi. Ishlab chiqarish uskunalari ma’lum bir kontrakt asosida foydalanish uchun ijaraga olinishi mumkin. Kompaniya bunday ishlab chiqarish uskunalariga ega bo’lmaganligi uchun, buxgalteriya yozuvlari kontrakt schyotiga debetlanadigan ijara xarajatlaridan iborat bo’ladi. SHuningdek kontrakt hisob varagini kompaniyaga tegishli ishlab chiqarish uskunalarining ijarasi bo’yicha shartli xarajatlar bilan debetlash mumkin, bunda ijaraga olingan ishlab chiqa-rish uskunalari alohida iqtisodiy birlik sifatida hisobga olinadi.
Subpudratchilar (subkontrakt) bo’yicha ishlar
Yirik kontrakt yoki ishning ma’lum bir jihatlari mutaxassislar yoki maxsus xizmatlar ko’rsatish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan holatda kompaniya subpud-ratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchilar tomonidan bajarilgan har qanday ishlar to’g’ri xarajatlar bo’lib hisoblanadi va kontrakt schyotiga debetlanadi
Egri xarajatlar

Aksariyat pudratchilar o’z xarajatlarini alohida kontraktlar bo’yicha taqsimlashga harakat qilmaydilar, chunki ular to’g’ri xarajatlarga nisbatan unchalik sezilarli emas. SHunga qaramay agar egri xarajatlarni taqsimlash amalga oshirilsa, kontrakt schyotiga sezilarli summa debetlangan bo’lar edi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin