Ikki yoqlama yozuv va schyotlar. Buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyatlaridan biri amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari tegishli schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan ko’rsatilishidir. Buxgalteriya hisobischyotlari buxgalteriya hisobi tizimida hisobga olinadigan ob’ektlarni turli belgilari bo’yicha guruhlash asosida hisobga olish imkonini yaratadi. Masalan, buxgalteriya hisobida asosiy vositalarni, matriallarni, pul mablag’larini, qarzlarni, foydani alohida hisobga olish kerakligi ularni hisobga olishga mo’ljallangan schyotlarga ehtiyoj tug’diradi. Schyotlarda xo’jalik muomalalari ikki yoqlama yozuv orqali aks ettirilishi turli xo’jalik voqea-hodisalarining o’zaro bog’liqligi bilan belgilanadi. Har bir amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyasi bir vaqtning o’zida turli hisob ob’ektlarining ko’payishi yoki kamayishiga olib keladi. SHuning uchun har bir xo’jalik muomalasi bir vaqtning o’zida ikkita schyotda yozuv bo’lishini talab etadi. Xo’jalik operatsiyalarini tegishli schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan rasmiylashtirish hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Balans va hisobot. Xo’jalik sub’ektlari mulk shaklidan qat’iy nazar mavjud asosiy va aylanma mablag’lari holatini doimo nazorat qilib borishlari kerak. Buxgalteriya balansida xo’jalik mablag’lari joylanishi va tashkil topish manbalari ma’lum muddatga pul ifodasida ko’rsatilishi ularni nazorat qilish usulidir. Buxgalteriya hisobi axborotga qiziquvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotlarni hisobot ko’rinishida taqdim etishi uning o’ziga xos usulidir.
Buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan usullarning markazida buxgalteriya hisobi schyotlari va ikki yoqlama yozuv turadi. Quyida ular to’g’risida tushuncha, ularning vazifalari va tuzilishini batafsil yoritamiz. Buxgalteriya hisobi schyotlarida amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari ma’lum ketma-ketlikda, uzluksiz belgilangan tartibda hujjatlarga asoslangan holda olib boriladi. Har bir schyot buxgalteriya hisobining alohida ob’ektlari bo’yicha o’zgarishlarni hisobga olish uchun belgilangandir.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z mablag’larining to’liqligini, undan samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik schyotlardan foydalanadi. Sintetik schyotlar deb, buxgalteriya hisobi ob’ektlari va ulardagi o’zgarishlarni pul o’lchov birliklarida hisobga olib, uni umumlashtiruvchi schyotlarga aytiladi. Sintetik schyotlarda bir turdagi bir nechta operatsiyalarning summalari umumlashtirilgan holda ko’rsatilishi mumkin.
Analitik schyotlarning asosiy vazifasi sintetik schyotlarda ko’rsatilgan ob’ektlar haqida ularning turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishdir. Sintetik schyotlardagi yozuvlarning turlari bo’yicha tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi.
Bir sintetik schyotdagi yozuvlar bir nechta analitik schyotlarda aks ettirilishi mumkin. Masalan, “Tovarlar” nomli sintetik schyotning analitik hisobida tovarlar turlari bo’yicha hisob yuritiladi va buning uchun maxsus analitik kartochkalardan (varaqlardan) foydalaniladi. Analitik kartochkaning tuzilishi quyidagicha: