Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


D-T“Hisob-kitob schyoti”K-T



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə19/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

D-T“Hisob-kitob schyoti”K-T

Boshlang’ich qoldiq 8000







Boshlang’ich qoldiq 250 000




1) 50 000










1) 50 000
















Oborot 50 000







Oborot

50 000

Oxirgi qoldiq 58000







Oxirgi qoldiq 200000




Passiv schyotlarda xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari aks ettiriladi. Passiv schyotlarning tuzilishi quyidagicha;





DEBET (D-T) PASSIV SCHYoT (K-T) KREDIT

kamayish



Boshlang’ich .qoldiq ... ... ...




Ko’payishi

Oylik oboroti ... ... ...

Oylik oboroti ... ... ...




Oxirgi qoldiq

Schyotning sxemasidan ko’rinib turibdiki, passiv schyotlarda ko’payishi kredit tomonida, kamayishi esa debet tomonida ko’rsatiladi.


Misol: Tuzilgan shartnomaga asosan mol yetkazib beruvchilardan kelgan tovarlar omborga qabul qilindi – 170.000 so’m.
Misolimizdagi xo’jalik operatsiyasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beriladi:
Debet «Ombordagi tovarlar» schyoti – 170.000 so’m.
Kredit «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti – 170.000 so’m.
Berilgan buxgalteriya yozuvlarini schyotlar sxemasida quyidagicha ifoda etamiz:



Ombordagi


D-T tovarlar” schyoti K-T




Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
D-T to’lanadigan schyotlar” K-T

Boshlang’ich qoldiq 450 000










Boshlang’ich qoldiq 780 000

1) 170 000










1) 170 000

Oborot 170 000







Oborot

170 000

Oxirgi qoldiq
620 000










Oxirgi qoldiq 950 000

Sxemadagi yozuvlardan ma’lumki, passiv schyotlar bo’yicha qoldiqni aniqlash uchun: boshlang’ich qoldiqqa kredit tomonining oborotini qo’shamiz, debet tomonining oborotini ayiramiz, qolgan summa schyotning oy oxiriga bo’lgan kredit qoldig’ini ko’rsatadi.


Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya schyotlarida har bir amalga oshirilayotgan xo’jalik operatsiyasi ikki yoqlama yozuv, ya’ni buxgalteriya o’tkazmasi orqali ko’rsatiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarida ikki yoqlama yozuv – bu xo’jalik sub’ektlarida sodir etilgan xo’jalik voqea-hodisalarini bir vaqtning o’zida ikkita schyotda, ya’ni bitta schyotning debeti, ikkinchi schyotning esa kreditida aks ettirishdir.
Buxgalteriya hisobi schyotlarida xo’jalik sub’ekti tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettirish qoidalari quyidagicha:

  1. Dastavval xo’jalik operatsiyasi o’rganiladi, ya’ni tahlil qilinadi: nima o’zgarish sodir bo’layotganligi aniqlanadi, ya’ni nima ko’payyapti-yu, nima kamayyapti, degan savolga javob beriladi.

  2. So’ngra bu o’zgarish schyotlar rejasidagi qaysi schyotlarga tegishli ekanligi aniqlanadi: schyotlarning nomi va tartib raqami belgilab olinadi.

  3. Aniqlangan schyotlarning aktiv yoki passiv schyot ekanligiga qarab, ularni ishlatish qoidasiga mos ravishda ularning debeti yoki kreditiga tegishli xo’jalik operatsiyasi summasi yoziladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, schyotlardan foydalanish qoidalariga binoan aktiv schyotlarda ko’payish ro’y bersa, ularning debetiga yoziladi. Aksincha, passiv schyotlarda ko’payish ro’y bersa, ularning kreditiga yoziladi.

  4. Buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuv usuliga mos ravishda har bir xo’jalik operatsiyasi albatta ikkita schyotda aks ettiriladi, chunki voqea-hodisalar buxgalteriyada o’zaro bog’liq holda hisobga olinadi. Agar bitta schyot debetlansa, demak u bilan bog’lanayotgan ikkinchi schyot kreditlanadi, va aksincha.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin