Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Hisobning uchta turi mavjud bo’lib, ular iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda, kuzatishda ishlatilmoqda



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Hisobning uchta turi mavjud bo’lib, ular iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda, kuzatishda ishlatilmoqda:

  • Operativ hisob

  • Statistik hisob

  • Buxgalteriya hisobi

Hisob turlarining qaysi biridan foydalanish, birinchi navbatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonni o’rganish va kuzatish muddatlariga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan ma’lumotlarni ya’ni, o’tkazilgan kuzatish natijalarini umumlashtirish tartibiga ham bog’liqdir.
Operativ hisob. Hisobning bu turida ma’lum vaqt birligida amalga oshiriladigan kuzatuv ishlarini olib borishga aytiladi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun maxsus yo’riqnoma talab qilinmaydi. Ko’p hollarda operativ hisob yuritishda xo’jalik faoliyatining bir bo’lagi, jarayoni tanlab olinadi. Misol uchun g’isht teruvchi ustaning bir soat davomida tergan g’ishtlarini maxsus kuzatuvchi yordamida hisoblab chiqish yoki tokarь tomonidan bir soat davomida tayyorlangan detallarni aniqlash ishlarini keltirish mumkin. Hisobning bu turida bajarilishi mumkin bo’lgan ish hajmini aniqlash, umumlashtirish imkoniyati yaratiladi. Operativ hisob – bu xo’jalik sub’ekti rahbariyati yoki menejerlari tomonidan u yoki bu tezkor axborotga ehtiyoj tug’ilganda ma’lumot taqdim etish uchun tashkil etiladigan hisob turidir. Uning asosiy xususiyati tegishli axborotni zudlik bilan taqdim etish bo’lib, axborotni taqdim etish og’zaki, yozma, faks orqali va boshqa tartibda ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Axborotlar turli o’lchov birliklarida, jumladan natura va pul o’lchov birliklarida taqdim etilishi mumkin.
Statistik hisob. Statistik hisobni yuritish, tashkil qilish belgilangan nizom va yo’riqnomalar bilan tartibga solinadi. Statistik hisobot shakllari Moliya vazirligi, tegishli idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Statistik hisob – bu jamiyatda ommaviy ravishda ro’y beradigan ijtimoiy-iqtisodiy voqea-hodisalarni kuzatish, o’lchash va statistik hisobotlar ko’rsatkichlari ko’rinishida taqdim etish tizimidir. Statistik hisob ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha xodimlar soni, o’rtacha ish haqi summasi kabi natura va pul o’lchov birliklarida taqdim etiladigan ma’lumotlarni shakllantiradi. Bu hisobning o’ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan bir turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish, kuzatish va tahlil qilishda qo’llaniladi, ikkinchidan boshlanish va tugallash muddatlari, ya’ni davri belgilanadi. Statistik hisobning operativ hisobdan farqi birinchidan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to’liq sodir etilgandan keyingina olib boriladi, ikkinchi farqi o’tkazilgan kuzatish natijalari belgilangan hisobot shakllarida yaxlit holda va umumlashtirilgan holda ko’rsatiladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin