Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə5/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Buxgalteriya hisobi. Hisobning bu turi yuritilishi, tashkil qilinishi bilan boshqa hisob turlaridan farq qiladi.
Buxgalteriya hisobi – bu xo’jalik sub’ektlari xo’jalik-moliyaviy faoliyatini kuzatish, sodir etilgan voqea-hodisalarni uzluksiz ravishda, to’lig’icha, o’zaro bog’liq holda, hujjatlar asosida va pul o’lchov birliklarida hisobga olish va iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi orqali taqdim etish tizimidir.
Buxgalteriya hisobini yuritishda uzluksizlik shuni anglatadiki, xo’jalik voqea-hodisalarining barchasi ularni amalga oshirish payti bo’yicha, ya’ni xronologik ketma-ketlikda muntazam ravishda hisobga olinadi. Operativ hisobdan farqli ravishda axborotga ehtiyoj bo’lish-bo’lmasligidan qat’iy nazar xo’jalik voqea-hodisalari hisobda o’z aksini topadi. To’lig’icha hisobga olish xususiyati xo’jalik voqea-hodisalari ularning samarali yoki samarasiz, unumli yoki unumsiz ekanligidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobida aks ettirish zaruratini anglatadi. O’zaro bog’liq holda aks ettirish – bu har bir voqea-hodisa u bilan bog’liq boshqa voqea-hodisalar bilan bog’liq holda aks ettirilish shartini bildiradi. Masalan, kassadan pul berilish jarayoni pulning kimga va nima uchun berilganligini o’zaro bog’liq holda aks ettirgan holda yoziladi. Buxgalteriya hisobida yozuvlar hujjatlar asosida amalga oshirilishi qonunchilik bilan rasman belgilangan. Buxgalteriya hisobi hujjatlarida voqea-hodisaning mazmuni, miqdori, summasi aks ettirilishi tegishli buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Aynan mana shu jihati bilan buxgalteriya hisobi operativ va statistik hisobdan farq qiladi. Xo’jalik muomalalari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangandagina haqiqiy deb hisoblanadi va buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida ko’rsatiladi.
Agar operativ va statistik hisobda turli xil o’lchov birliklaridan foydalanilsa, buxgalteriya hisobida turli o’lchov birliklarida amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari yagona pul o’lchov birligida ifoda qilinadi. Pul o’lchov birliklaridan foydalanish buxgalteriya hisobida xo’jalik-moliyaviy faoliyatga oid turli ma’ulmotlarni umumlashtirish va moliyaviy hisobotlar ko’rinishida taqdim etish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farqi shundaki, bu hisobning predmeti va o’ziga xos metodi shakllangan bo’lib, xo’jalik faoliyati davomida qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalarga mos ravishda yuritiladi.
Xo’jalik sub’ektlarda mavjud mablag’lar xo’jalik faoliyati ko’rsatish davomida o’zining tuzilishinigina emas, balki miqdoriy holatini ham o’zgartirib boradi. Hisob turlarini to’g’ri belgilash kuzatilayotgan xodisa va jarayonlarni to’g’ri nazorat qilish imkonini berish bilan, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ta’minlaydi.
Hisobda qo’llaniladigan o’lchov birligi kuzatilayotgan jarayonni tashkil qilinishi, uning oldiga qo’ygan maqsadiga ham bog’liqdir. Iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni tartibga solishda, xo’jalik faoliyatini boshqarishda o’lchov birliklaridan to’g’ri foydalanish talab qilinadi.
Hisob ishlarida turli o’lchov birliklaridan foydalaniladi. O’lchov birliklarini tanlash, ya’ni qaysi hisobda qanday o’lchov birliklaridan foydalanish bevosita kuzatilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik muomalalariga ham bog’liqdir. Umuman olganda hisob ishlarida turli o’lchov birliklaridan, shu jumladan dona, kilogramm, metr, litr, so’m ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Yuqoridagi o’lchov birliklarini asosan uch guruhga bo’lish mo’mkin. Birinchisi natural o’lchov birliklari, ikkinchisi mehnat o’lchov birliklari, uchinchisi pul o’lchov birliklari.
Korxona xo’jalik faoliyatni to’g’ri baholashda, son va sifat jihatdan iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganish bir turli o’lchov birliklaridan foydalanishni talab qiladi. Atar iqtisodiy ko’rsatkichlar tegishli o’lchov birliklarida ifoda etilmagan bo’lsa, bunday ko’rsatkichlarni iqtisodiy axborot ko’rsatkichlari, deb bo’lmaydi. Demak, har qanday amalga oshirilgan voqea va hodisa hisob ko’rsatkichlarida aks ettirilmaydi, buning uchun hisob ko’rsatkichi deb hisoblash uchun ularni o’lchash imkoni bo’lishi kerak.
Shunday xo’jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o’lchov birliklaridan foydalaniladi.
Natura o’lchovlari moddiy qiymatliklarni tortish, o’lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, son va sifat o’zgarishlari ustidan nazorat olib borish imkonini beradi. Ayrim hollarda bajarilgan ish va xizmatlar hajmini to’g’ri aniqlashda murakkab natura o’lchov birliklaridan foydalaniladi. Misol uchun elektr energiya sohasida kilovatt/soat, avtotransportda esa tonna/kilometr kabi o’lchovlar ishlatiladi.
Mehnat o’lchov birligi. Mahsulotni ishlab chiqarish yoki ma’lum bir mahsulotga sarf qilingan mehnat sarfini o’lchashda ishlatiladi. Mehnat o’lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini natura o’lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o’lchov birligi ko’p hollarda bir turli xo’jalik munosabatlarini o’rganishda ishlatiladi.
Pul o’lchov birligi. Turli xo’jalik sub’ektlari bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha o’zaro hisob-kitoblarni yuritishadi. Bunday hisob-kitoblar asosan pul o’lchov birligida olib borilishi bilan bir vaqtda bajarilgan ish va xizmatlarni natura yoki mehnat o’lchov birliklarida ko’rsatilishini talab qiladi. Pul o’lchov birligi bevosita tovar-pul munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Tovar ishlab chiqarish va qiymat qonuniga amal qilinishi bilan vujudga kelgan pul o’lchov birligi hozirgi sharoitda korxonalar o’rtasidagi to’lov vositasi sifatida qo’llanib kelinmoqda.
Pul o’lchov birliklaridan foydalanish xo’jalik sub’ektlarida xo’jalik mablag’lari va jarayonlarining umumlashgan ko’rsatkichda aks ettirishni ta’minlabgina qolmasdan, balki ularning shu faoliyati ustidan kundalik nazorat o’rnatish, ya’ni moddiy resurslardan va pul mablag’laridan maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni ta’minlashga yordam beradi.
Xo’jalik sub’ektlarning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari sifatida foyda yoki zarar pul o’lchov birligi orqali ifoda etiladi. Hisobda pul o’lchov birligining ko’proq qo’llanilishi boshqa o’lchov birliklariga nisbatan ko’proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmaydi.
Ayrim hollarda pul o’lchov birligidan foydalanish boshqa bir o’lchov birligi asosida aniqlanadi. Misol uchun ishchiga ish haqi hisoblash uchun asos sifatida ishchining oy davomida ishlagan kunlari olinadi va shu kunlarga ishchining bir kunlik o’rtacha ish haqini ko’paytirish yo’li bilan ishchining oylik ish haqi aniqlanadi.
Demak, hisobda o’lchov birliklari alohida, ayrim hollarda esa bir birlarini to’ldirish orqali amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarining mazmunini ochib berish maqsadida ham qo’llanilishi mumkin.
Hisob tizimi xo’jaliklarda amalga oshirilgan jarayonlarni hisobga olish hamda axborot taqdim etish bilan birga xo’jalik-moliyaviy faoliyatni boshqarish va nazoratni tashkil qilishda yaqindan yordam beradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa buxgalteriya hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati va uning natijalari bilan qiziquvchi barcha shaxslarga, jumladan, ichki va tashqi foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlarni tegishli tarzda tayyorlaydi va taqdim etadi.


Shunday qilib, buxgalteriya hisobiga beriladigan eng zamonaviy ta’rif quyidagicha:

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin