Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə70/195
tarix23.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101722
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Bevosita xarajatlar - bu tayyor maxsulotning birligini ishlab chikarish bilan boglik xarajatlar , jumladan:
-Ishlab chikarishga taallukli material xarajatlari;
-Asosiy ishlab chikarishda bevosita birga bo’lgan ishchilarining ish xaki xarajatlari;
-Ishlab chikarishga taallukli ijtimoiy sugurtaga ajratmalari.
Bilvosita xarajatlar - bular ishlab chikarish jarayonida xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’lik bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari bo’lib, ular tarkibiga: yordamchi ishchilarning vaktbay ish xaki, asosiy ishlab chikarish vositalarining amortizatsiyasi, joriy va kapital ta’mirlash xarajatlari va maxsulot xajmining doimiy o’sishi xarajatlari kiradi.
Boshka xarajatlar - Tovar-moddiy zahiralarini kerakli joyga keltirish bilan boglik bulgan trasport va ularni saqlash bilan boglik bulgan boshka xarajatlar ( tayyor maxsulotni omborga tashib keltirish, individual buyurtmalar buyicha tovarlarni konstruktsiya kilish xarajatlari) va boshkalardan iborat.
Xizmat kursatish korxonalarda Tovar-moddiy zahiralar tannarxiga quyidagi xarajatlar kiritilari:

  1. Xizmat kursatish bilan bevosita boglik bulgan xodimlarning ( boshkaruv xodimlari bilan birga) ish xaki va ijtimoiy sugurtaga ajratmalariga qilingan xarajatlar.

  2. Yordamchi xizmatlar xarajatlari.

  3. Xizmat kursatish jarayonida yuzaga kelgan boshka ustama xarajatlar.

Tovar-moddiy zahiralari tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlarga:
1) Agar texnik jarayonda (ko’zda tutilmagan) bo’lsa, ishlab chikarish tsiklining aloxida boskichlari urtasida tovar-moddiy zahiralarni saklash xarajatlari ;
2) Ma’muriy boshkaruv xarajatlari;
3) Sotish bilan boglik xarajatlar kiradi.
Amaliyotda tovar-moddiy zahiralar tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish zahiralari va sotish uchun mo’ljallangan TMZlar sotib olish tannarxi bo’yicha hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish zahiralari “Materiallar” schyotida hisobga olinadi. “Materiallar” schyoti aktiv schyot hisoblanib, uning debet tomonida kirim, kredit tomonidan esa chiqim qilingan materiallar summasi ko’rsatiladi. Bu schyotda materiallarning kirim-chiqimi uni bevosita tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslangan bo’lishi shart.
Buxgalteriya hisobining sintetik schyotlarida xom-ashyo va ma-teriallarning qiymati pul (sum) ifodasida olib borilsa, analitik schyotlarda esa xom-ashyo va materiallar harakati natural va pul o’lchov birliklarida olib boriladi. Mol yetkazib beruvchilardan olingan Xom-ashyo va materiallar summasiga debet «Xom-ashyo va ma-teriallar» schyoti kredit «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Xom-ashyo va materiallar omborga faqat mol yetkazib beruvchilardangina emas, balki hisobdor shaxslar tomonidan xam omborga topshrilishi xam mumkin. Agar Xom-ashyo va materiallar omborga hisobdor shaxslar tomonidan topshirilgan (kirim qilingan) bo’lsa u holda kirim qilingan Xom-ashyo va materiallar summasiga debet «Xom-ashyo va materiallar schyoti» kredit «umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» schyoti deb yozuv beriladi.
Mol yetkazib beruvchilardan buyurtmachi nomiga yuborilgan materiallar birinchi navbatda tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga mos kelishi kerak. SHartnoma shartlariga asosan buyurtmachi nomiga jo’natilgan materiallar yetib kelganda, ular moddiy javobgar shaxs tomonidan son va sifat jihatidan tekshirilib, kirimga qabul qilinadi.
Moddiy javobgar shaxslar tomonidan tuzilgan va buxgalteriyaga topshirilgan hujjatlarga asosan “Materiallar” schyoti bo’yicha tegishli buxgalteriya yozuvlari beriladi.
Misol: Ombor mudiri X.Isaqov o’z zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar harakati to’g’risidagi 5-sonli hisobotini buxgalteriyaga topshirdi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin