MFO: ______________ INN: _____________
Tovar nomi
|
O’l-chov bir-ligi
|
Soni
|
Narhi
|
Etkazib berish qiymati
|
Qo’shilgan qiymat solig’i
|
Etkazib berish QQS hisob olin.qiy
|
Stavka
|
Summa
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rahbar _________________________________ Oldim ______________________________
(haridor yoki vakolatli vakilning imzosi)
Bosh hisobchi: 20____ yil “_____”_____________________
M.O’. № ______-sonli ishonchnoma bo’yicha
Tovarni berib yubordim _______________________________________________________
(Tovar yetkazib beruvchining mas’ul shaxsi imzosi) (Oluvchining ismi, sharifi)
Agar mol yetkazib beruvchi mahsulotini markazlashtirgan tarzda haridorga yetkazib bersa «Tovar yuk xati» (M-5) shakli bilan hujjatlashtiradi. Tovar yuk xati to’rt nusxda to’ldirilib, uning birinchi nusxasi tovar oluvchiga yuboriladi. Bu hujjatga asosan oluvchi xo’jalik sub’ekti mol yetkazib beruvchilardan kelgan tovar mahsulotlarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, mol yetkazib beruvchilardan kelgan tovar mahsulotlarini qabul qilish uchun asos bo’lib, ular tomonidan to’ldirilgan hujjatlar hisoblanadi. Agar, mol yetkazib beruvchilardan kelgan tovar-moddiy zahiralar son va sifat jihatdan shartnoma shartlariga to’liq yoki qisman javob bermasa tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish natijalari «Materiallarni qabul qilib olish dalolatnomasi» da (M-7 shakli) ko’rsatiladi. Bu hujjatning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda shartnoma shartlariga mos kelgan va mos kelmagan tovar-moddiy zahiralar miqdori va summasi alohida-alohida ko’rsatiladi. Bu hujjat mol yetkazib beruvchilarga sifatsiz mahsulot jo’natganligi uchun da’vo qilishda asos qilib olinadi. Bu hujjat ikki nusxada to’ldirilib, uning bir nusxasi moddiy javobgar shaxsning tovar hisobotiga ilova qilinadi.
Agar tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilishda aniqlangan kamomad summasi ular uchun belgilangan tabiiy kamayish me’yorlariga teng kelsa, aniqlangan kamomad summasi yuzasidan mol yetkazib beruvchilarga da’vo qilinmaydi. Ayrim hollarda tovarlarni mol yetkazib beruvchilardan qabul qilib olish bevosita transport xo’jalik sub’ektiining vakillariga yuklatilgan. Bunday hollarda mol yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy qiymatliklarning to’liqligi va sifati uchun javobgar shaxs bo’lib yukni qabul qilib olgan shaxs hisoblanadi, chunki yukni qabul qilib olgan shaxs tovar-transport yuk xatiga mahsulotni qabul qilib olganligi to’g’risida o’z roziligini bildiradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi tovar-moddiy zahiralarning harakati, ya’ni kirim-chiqim faqat tasdiqlangan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgandagina qonuniy hisoblanadi.
Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha tuzilgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida buxgalteriyada kelgan tovar mahsulotlarni ro’yxatga olish jurnali yuritiladi. Bu jurnalda mol yetkazib beruvchi xo’jalik sub’ekti nomi, tovarni jo’natilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni schyot faktura, tovar-transport hujjati tovarning nomi, summasi ko’rsatiladi.
Kelgan tovarlarni tasdiqlovchi hujjatlar to’liqligi tekshirilib chiqilgandan keyin, bunday hujjatlar modiy javobgar shaxslarga beriladi va shu hujjatlarga asosan moddiy javobgar shaxslar kelgan tovarlarni qabul qiladilar va bu qabul qilingan tovarlar holati va hisoboti davrida chiqim qilingan tovarlar to’g’risida buxgalteriyaga belgilangan muddatlarda tovar hisobotini topshiradilar.
Agar tovarlarni qabul qilish vaqtida belgilangan hujjatlardan farq chiqish hollari aniqlansa, bunday hollarda tovarlarni qabul qilish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi. Bunday hollarda birinchi navbatda mol yetkazib beruvchilarga og’zaki yoki yozma ravishda habar beriladi. SHu bilan birga tovarni qabul qilishda mol yetkazib beruvchining vakili ishtirok etishi talab qilinadi. Mol yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni qabul qilishda maxsus vakil jo’natishi to’g’risidagi roziligi bo’lsa, tovarlarni qabul qilish bevosita ishlab chiqaruvchi xo’jalik sub’ektining vaqili tovarlarni qabul qalish to’g’risidagi dalolatnomaga imzo chekadi, ya’ni vakil qabul qilish komissiyasi tarkibiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |