Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1 Mb.
səhifə36/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Nazorat va mulohaza uchun savollar.
1. Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta’riflanadi?
2. Tovarlar klassifikatsiyasini aytib bering.
3. Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?
4. Tovarning yashash davri kontseptsiyasini izohlab bering.
5. Tovar modifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. Mahsulot differentsiatsiyasi nima?
7. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayonini izohlab bering?
8. Tovar variatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
10-MAVZU. NARX VA NARX SIYoSATI

1. Narx tushunchasi va uning mohiyati.


2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari.
3.Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning o’zgaruvchanligi.


10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati

Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.


Narx nimaga tegishli bo’lishidan kat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funktsiyani bajaradi:

  1. bozor muvozanatini ta’minlash funktsiyasi

  2. hisob-kitob, ulchov funktsiyasi

  3. iqtisodiy regulyator funktsiyasi

  4. raqobat vositasi funktsiyasi

  5. ijtimoiy ximoya funktsiyasi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:

  1. demping narx

  2. nufo’zli narx

  3. milliy narx

  4. arzonlashtirilgan narx

  5. jahon narxi

  6. yashirin narx

  7. erkin narx

  8. standart narx

  9. kontrakt (ulgurji) narx

  10. chakana narx

  11. o’zgaruvchan narx

  12. limit narx

  13. muvozanat narx

Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin