Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1 Mb.
səhifə35/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

«Tovar-bozor» matritsasi

Tovarlar

Bozorlar

Joriy

Yangi

Joriy

Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi

  • Sotishni jadallashtirish

  • Yangi xaridorlarni qidirish

  • Raqobatchilarni sindirish

  • Tovarni iste’mol sohasini kengayishi

Bozorni rivojlantirish strategiyasi

  • Yangi bozorlar

  • Yangi sotish hududlari

  • Xalqaro bozorlar

  • Tovarni ishlatilishini yangi sohalarini tuzish

Yangi

Tovarni rivojlantirish

Diversifikatsiya

  • Gorizontal

  • Vertikal

  • Kontsentrik

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, firmaning afzalligini o’sish manbalarini o’zashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari bo’lishi mumkin:


1. bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi;
2. tovarni takomillashtirish strategiyasi.
3. bozorni rivojlantirish strategiyasi;
4. Diversifikatsiya.
Diversifikatsiyani 3 ta turi mavjud: gorizontal, vertikal va kontsentrik.
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga o’xshash ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo’nalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini ustirishni anglatadi. Masalan, gusht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do’kon mol etishtirishni va selektsiya bo’yicha ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlaydi.
Kontsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni ko’zda to’tadi.
Diversifikatsiya tovarlarni turli tumanligi hisobiga jalb yetuvchanligini yaxshilashga asoslanadi.
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi bo’lib iste’molchilarni tovarni afzal qurish, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish orqali tovarni jalb yetuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligini o’sishi hisoblanadi.
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo’yicha amalga oshiriladi:

  • Tovarni qo’shimcha imkoniyatlari

  • Tovardan foydalanish samaradorligi

  • Komfortlilik

  • Ishonchlilik

  • Tovar dizayni va stili.

Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o’z ichiga oladi:

  • yangi tovar haqida g’oyani qidirish

  • g’oyani tanlash

  • yangi tovar g’oyasini tijoratlashuvini iqtisodiy tahlili

  • tovarni ishlab chiqish

  • bozor sharoitida uni tajribadan o’tkazish

  • tovarni bozorga qo’llash

Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g’oyani qidirish bilan boshlanadi. Yangi tovar g’oyani qidirishni asosi bo’lib tovar haqidagi ichki va tashqi g’oyalar manbai hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi g’oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko’rgazmalar, tadqiqot institutlari, ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari ishlatiladi.



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin