Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1 Mb.
səhifə31/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Bozor segmentatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Bozor segmentatsiyasining qanday turlarini bilasiz?
3. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillarini aytib bering.
4. Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz?
5. Makrosegmentlash deganda nimani tushunasiz?
6. Mikrosegmentlash deganda nimani tushunasiz?
7. Tovarni pozitsiyalashtirish deganda nimani tushunasiz?
9 - MAVZU. TOVAR VA TOVAR SIYoSATI



  1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir.

  2. Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha.

  3. Tovarning yashash davri va uning bosqichlari.

  4. Yangi tovar ishlab chiqarish.




  1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir

Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining yextiyojlarini qondirish xususiyatidir.


Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir.
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi:
-rangi, upakovkasi (urash, bog’lash), tashqi ko’rinishining fasohati (dizayni), yergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar).
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi.
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining yextiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha alohida guruhlarga bo’linadi:

  • maqsadli ko’rsatkich bo’yicha

  • bozor turiga ko’ra

  • foydalanishga tayyorligiga ko’ra

  • iste’molchilar soniga qarab bo’linadi.

Maqsadli xarakteriga ko’ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo’linadi.
Iste’mol tovarlari – bu shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo’linadi.
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo’jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko’ra ularni o’z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo’jalik sovuni)
2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta)
3. Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont).
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro’zgor uchun elektr jixozlari kiradi va u xaridorlarni kiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:

  • o’xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo’yicha farqlanadi,)

  • alohida ko’rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan)

Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam uylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko’ra

  • qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar

  • uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar

Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo’lib

  • foydani ta’minlash

  • taqsimotni ustirish

  • firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko’paytirish

  • ishlab chiqarish va marketingshga xarajatlarni tejash

  • imijni oshirish bo’lib hisoblanadi.

Tovar sifati – bu tovarning o’z funktsiyalarini bajarishda ko’rinadi va u quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko’rsatishi, pishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar.




  1. Yüklə 1 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin