Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1 Mb.
səhifə28/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Uchinchi guruh - bir shaxs hisobiga eng kam daromad oladigan xaridorlardan iborat. Ular aksariyat hollarda ijtimoiy ta’minotning turli ko’rinishlaridan foydalanadilar, o’z daromadlarining 80 % iga yaqinini asosiy yextiyojlarni qondirishga sarflaydilar.
Bozorni segmentlarga ajratish xaridorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash masalasini hal etishning edial vositasi bo’la olmaydi, ammo shunga qaramay bu usul ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga qiziqtirish uchun qimmatli ma’lumotlar beradi.
Iste’mol bozori va texnik-ishlab chiqarish maqsadidagi mahsulot bozorlarini segmentlash, xaridorning sifat marka, narx, reklama, tovar harakati shartlari saqlash haqidagi fikrlari asosida amalga oshirilishi mumkin. Bozorning tovar bo’yicha segmentlanishi raqobatchilar uchun sirli bo’lgan tovar o’lchamlarini, bu sohadagi raqobatchilar faoliyati va zafarlarini sonini aniqlash imkoniyatini kompaniya va firmalarga beradi. Bozor tovarlar bo’yicha segmentlanganda, shu tovar foydalanuvchilarning guruhi, ularning yo’nalishlari, foydalanish maqsadlari, nisbatan ahamiyatli parametrlarini aniqlash imkonini beradi.
Marketingni boshqarishda alohida yetibor berilayotgan segmentatsiya belgisi - bu xaridorni sotib olishdagi xulq-atvoridagi belgilari hisoblanadi. Filipp Kotler o’zining kitobida bir necha belgilarni ko’rsatib o’tadi. Ular quyidagilar:
Tovarni sotib olish sababiga ko’ra doimiy, alohida sabablarga ko’ra.
Sotib olishdan manfaatiga ko’ra. Sifati, xizmat ko’rsatish turlari. Iqtisod qilish uchun.

  1. Foydalanuvchi sifatidagi o’rniga qarab:

  • foydalanmaydigan;

  • oldin foydalangan;

  • doimiy foydalanuvchi;

  • yangi foydalanuvchi;

  • endi foydalanmoqchi bo’lgan;

  • tovarlarga bo’lgan munosabatga qarab.

Yuqorida aytib o’tilgan belgilar xaridorni xarakterini to’la-to’kis ochib berishga, uni tovarga bo’lgan munosabati va sotib olish imkoniyatini aniqlashga imkoniyatini aniqlashga yordam beradi.



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin