Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Kon’yunkturani bashorat qilish



Yüklə 1 Mb.
səhifə25/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

7.3. Kon’yunkturani bashorat qilish
Ayrim tovar bozor kon’yunkturasini o’rganishdan maqsad to’g’ri bashorat qilish va o’zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob’ekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yo’llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o’rganish va amaliy faoliyatida yo’llangan ob’ekti bo’lib, jarayonlar, ko’rinishlar, hodisalar bo’lishi mumkin.
Bashorat qilish bu- ob’ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo’lishini ko’ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng avval sabab va hodisa bog’lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo’lgan sabab va xulosalar aniq bo’lgan jarayonlarga bog’liqdir.
Bashoratning maqsadi va xizmati ratsional yechimlar qabul qilish uchun muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko’ra bilishdir. Bashorat qilish umumiy rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish uchun samarali qurol bo’lib xizmat qiladi. Jahon bozori rivojlanish kelajagini aniq ko’ra bilish uning imkoniyatlarini va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat miqyosida qaysi sohalarini o’sishi va yeffektivligini aniqlash va radikal o’zgarishlarini va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi.
Kon’yunkturani bashorat qilishda kon’yunktura rivojlanishi umumiy tendentsiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak kon’yunkturani zamonaviy kon’yunkturadan ajratish uchun hamma narsani e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.Kon’yunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu mamlakatning iqtisodiyotiga jahon kon’yunkturasini ta’sir etishini ham kuzatish kerak, chunki u ba’zi mamlakatlar uchun kon’yunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari qancha kuchli bo’lsa, shunchalik unga bo’lgan ta’sir ortadi.


7.4. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari
Umuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo’lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:
1. Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir yetuvchi omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo’lishi.
3. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo’lishi.
4. Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.
5. Bozor kon’yunkturasi istiqboli o’z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo’llaniladi.
Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo’likmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.
Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo’lishimiz mumkin.
1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda o’tgan davrda bo’lib o’tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishning faktografik uslublari o’z navbatida 3 turga bo’linadi. Birinchi turi yekstropolyatsiya va interpolyatsiya uslublari yig’indisidan iborat bo’lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funktsiyalarni tuzishda boshlangich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo’lib, ular ikki va undan ortiq o’zgaruvchan bashorat qilish ob’ektlarining o’zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo’llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob’ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o’xshash ob’ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo’yicha tadqiq qilishga asoslanadi.
2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o’z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda bashorat qilish ob’ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy yeruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o’zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish ob’ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi.
Bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo’llaniladi.
3. Yekstropolyatsiya uslubi. Yekstropolyatsiya uslublari bozor kon’yunkturasining turli ko’rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda qo’llaniladi. Yekstropolyatsiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya’ni bu holda yekstropolyatsiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan ob’ektning ilgarigi rivojlantirish tendentsiyalariga tayanadi.
Ekstropolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo’llaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o’zgarishning asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.
4. Yekonometrik modellar. Yekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda to’tgan holda bozor kon’yunkturasining turli ko’rsatkichlari O’rtasidagi o’zaro aloqalar va proportsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Yekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini bashorat qilishda keng qo’llaniladi. Ular ishlab chtkarish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar O’rtasidagi va boshqa jarayonlar o’zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda bashorat qilishga yordam beradi. Yekonometrik modellarning xususiy holi korrelyatsion va regression modellashdir.
Bozor kon’yunkturasini tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qo’llaniladi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin