Raqobatchilik muhiti diagnostikasi - marketing tadqiqotining raqobatchilar xatti-harakatlarining ichki motivlari haqida to’liq va aniq tasavvo’rni shakllantirish uchun zarur bo’lgan o’ziga xos mustaqil bosqichi.
«Reklama piramidasi» - asosiy iste’molchilar doiralarining birikuvi, ularning reklama qilinayotgan tovarni xarid qilishga tayyorligi. Usib borish tartibiga ko’ra quyidagi bosqichlarga taqsimlanadi: bexabarlik, xabardor bo’lish, moyillik, afzal qurish, xarid qilish, qayta xarid qilish.
Regional marketing - 1) regionda marketing faoliyatini tashkil etish; 2) regionning mahalliy, milliy va xalqaro investorlarga ko’rsatiluvchi xizmat va tovarlar marketingi; 3) regionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish tizimidagi marketing.
Reklama -1) g’oya, tovar va xizmatlarni ma’lum xomiy nomidan taqdim tadbiq taklif qilishning shaxsiy bo’lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga ugirishga intiluvchi kommunikatsiya shakli.
Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali yelon qilingan reklama xabarlarini yeshitishi, qurishi va ukishi mumkin bo’lgan barcha shaxslar.
Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki vositachilari manfaatlari yo’lida iste’molchilarga ta’sir ko’rsatish darajasi. Reklama murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko’rsatuvchi ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat natijalari bo’yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko’plab omillar ham ta’sir ko’rsatadi.
Servis (xizmat ko’rsatish) - korxona marketing faoliyatining mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluatatsiya qilishni ta’minlovchi bo’limi, quyi tizimi.
Sifat - tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini belgilab beruvchi, qo’yilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-sotdi shartnomalarida tomonlar sifat ko’rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga mos kelishini tasdiklovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati bo’yicha qabul qilish va topshirish shartlari, shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo’yicha kafolatlar belgilab qo’yiladi.