Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1 Mb.
səhifə62/100
tarix08.11.2022
ölçüsü1 Mb.
#67939
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Strategik marketing - 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga xaridorlarning tanlab olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko’rsatish va shu tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo’lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar kontseptsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua-miks hamda muntazam o’zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikatsiya, taqsimlash va sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
Talab - tovar xo’jaligiga xos bo’lgan va savdo, ayirboshlash sohasida ko’zga tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks ettirilgan, iste’molchilarning bir-biridan farq qiluvchi ko’p sonli ehtiyojlaridan tarkib topuvchi, doimiy ravishda o’zgarib turuvchi jamoatchilik ehtiyojlari majmuasini aks ettiradi.
Telemarketing - marketing turi bo’lib, uni amalga oshirish potentsial iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va Internet tarmog’idan foydalaniladi.
Tijoratlashtirish (kommertsializatsiya) - yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichi; bozorga kirib borish vaqtini to’g’ri tanlash, turli bozorlarda faoliyat ko’rsatish hajmi va ketma-ketligi, mahsulotni operativ harakatlantirish va taqsimlash bo’yicha samarali usullar, shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.
Tovar - 1) eng umumiy ko’rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida ifodalanishi mumkin bo’lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob’ekti; 2) mahsulotning ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste’molchilik tavsifnomalari majmui; 3) iste’molchiga ko’rsatiladigan, mahsulotni to’ldiruvchi va uni sotishni engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit» (mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi).

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin