Konveyer
yig‘ilayotgan
mahsulotlarni
harakatlantiruvchi
uzluksiz
harakatlanuvchi lentadir. Konveyerning 2 turi mavjud:
1)
taqsimlovchi,
2) ishchi.
Taqsimlovchi konveyer faqat mahsulotlarni bir
ish joyidan ikkinchi joyiga
ko‘chiradi. Ishchi konveyer esa transport vositasi funksiyasini
bajarish bilan bir
vaqtda ish joylari sifatida xizmat qiladi. Tizimi va konstruksiyasiga ko‘ra lentali,
plastinkasimon, zanjirli, osma konveyerlar mavjud.
Lentali konveyerlar konstruksiyasiga ko‘ra sodda bo‘lib, taqsimlovchi transport
vositasi sifatida keng tarqalgan. Plastinkali konveyerlar esa tozalikka bo‘lgan talab
yuqori bo‘lganda yoki konveyer isitish qurilmasidan o‘tganda qo‘llaniladi. Zanjirli
yoki osma konveyerlar oqimli tizimining har qanday
konfiguratsiyasi uchun
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: