Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish
Xulosalar Asbob uskuna xo‘jaligining asosiy vazifalari:
korxonaning turli xil texnologik moslamalarga bo‘lgan ehtiyojini
aniqlash,
har bir ish joyini zaruriy miqdorda sifatli uskuna bilan ta‘minlanishini
tashkil etish,
kerakli miqdordagi asbob uskunalar zapasini tashkil etish, ularni saqlash,
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan asbob uskuna sarfini va tannarxini
doimiy ravishda pasaytirib borish.
Asbob uskuna xo‘jaligining tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
yangi, maxsus instrumentlarni tayyorlovchi hamda murakkab texnologik
uskunalarni ta‘mirlashini amalga oshiruvchi instrumental sex;
asosiy ishlab chiqarish sexlari tarkibiga kiruvchi asbob va uskunalarni
ta‘mirlash qilish bilan shug‘ullanuvchi asbob uskuna uchastkalar;
tiklash ustaxonalari;
asbob uskunalarni saqlash va uzatish bilan shug‘ullanuvchi kladovkalar,
asbob uskunalarni saqlash omborxonasi.
Ishlab chiqarish instrumentlariga bo‘lgan talabni rejalashtirish ikki tizimga
asosan olib boriladi: buyurtmaga va omborxonaga (tizim max – min).
Nazorat savollari. 1.
Asbob uskuna xo‘jaligi qanday vazifalarni bajaradi?
2.
Asbob uskuna xo‘jaligi tarkibiga qanday bo‘limlar kiritiladi?
3.
Texnologik uskunalarni klassifikatsiyalash va indeksatsiyalashtirish qanday
maqsadlarda amalga oshiriladi?
4.
Asbob uskunalar sarfi yillik fondini qanday usullarda hisoblanadi?
5.
Asbob uskuna talabini rejalashtirishning max – min tizimining mohiyati
nimadan iborat?
6.
Buyurtma nuqtasi nimani ko‘rsatdi?
7.
Asbob uskunalarga yillik talab qanday aniqlanadi?
8.
Maksimal zaxira qanday aniqlanadi?
9.
Buyutma partiyasi qanday aniqlanadi?
10.
Indekslarning qanday turlari mavjud?