Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


VIII BOB. TA’MIRLASH XO’JALIGINI TASHKIL ETISH



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/108
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#171063
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

VIII BOB. TA’MIRLASH XO’JALIGINI TASHKIL ETISH 
 
Tayanch so’z va iboralar. 
Ta‘mirlash xo‘jaligi maqsadi, vazifasi, ROT tizimi, kichik, o‘rta, kapital 
ta‘mirlash, ROT normativlari, ta‘mirlovchi ishchilar soni, ta‘mirlash ishlari 
hajmi. 
8.1 Ta’mirlash xo’jaligini tashkil etish vazifalari, funksiyalari,shakllari. 
Mexanizasiyalashtirish yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sharoitida korxonaning 
faoliyat natijasi ishlab chiqarish vositalarining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, 
jihozlarning nosozligi natijasida paydo bo‘ladigan uzilishlar (tanaffuslar) ishlab 
chiqarish siklining uzayishiga, mahsulot sifatiga, bergan hajmiga salbiy ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
Jihozlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ular moddiy va ma‘naviy eskiradi. 
Buning natijasida uning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zgaradi: quvvati 
pasayadi, unumdorligi va aniqligini kamaytiradi. Ana shularni hisobga olib,
jihozlarni yaxshi ish sharoitida ushlab turish uchun doimiy ravishda texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta‘mirlash ishlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu ishlarni tashkil qilish 
uchun korxonada ta‘mirlash xo‘jaligi tashkil etiladi.
Ta‘mirlash 
xo‘jaligi 
– 
jihozlar 
holatini 
nazorat 
qilish,xizmat 
ko‘rsatish,ta‘mirlash bilan bog‘liq tadbirlar majmuasini amalga oshiruvchi 
umumkorxona va sex bo‘linmalaridir 
Ta‘mirlash xo‘jaligi ham mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi bo‘lim bo‘lib, uning 
tarkibiga asosiy va yordamchi uchastkalar kiradi. 
Asosiy uchastka bo‘lib mexanika (stanochniy), tayyorlov, slesarlik, yig‘uv, 
termik, sinov uchastkalari hisoblanadi. 
Yordamchi bo‘limlarga esa metall zaxiralar, zaxira qismlarni saqlash ombori, 
instrument tarqatuvchi bo‘lim va boshqalar kiradi. 


Ta‘mirlash xo‘jaligining ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish turlari, 
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga, sexlardagi jihozlarga, ishlab chiqarishni 
tashkil etilishiga bog‘liqdir. 
Ta‘mirlash xo‘jaligining vazifalari: 
1.
Jihozlarni ekspluatatsiya qilish va ta‘mirlashning ratsional tizimlarini tashkil 
etish. 
2.
Jihozlardan foydalanish muddatini oshirish maqsadida jihozlardan foydalanish 
madaniyatini oshirish. 
3.
Ta‘mirlash ishlarining mehnat sig‘imi hamda tannarxini kamaytirish va sifatini 
oshirish. 
4.
Jihozlarni modernizatsiya qilish. 
Ta‘mirlashni tashkil etish uslublari: 

Talab bo‘yicha ta‘mirlash-jihozlar tasodifiy ishdan chiqqanda amalga 
oshiriladi 

Defekt vedomosti bo‘yicha ta‘mirlash -jihozlar davriy ko‘rikdan 
o‘tkaziladi va defekt vedomosti tuziladi 

ROT yoki TXK (texnik hizmat ko‘rsatish) - reja asosida profilaktik 
nazorat va ta‘mirlash
Ta‘mirlash ishlarini tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi 
mumkin: markazlashgan, markazlashmagan, aralash. Markazlashgan tizim barcha 
ta‘mirlash ishlari va xizmat ko‘rsatishni markazlashgan ta‘mirlash mexanika sexi 
kuchi bilan amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ushbu sex korxona bosh mexanikiga 
bo‘ysunadi. 
Markazlashmagan tizimda barcha ta‘mirlash ishlari sexdagi ta‘mirlash 
uchastkalari kuchi bilan bajariladi. Ushbu bo‘linmalar sex mexanigiga bo‘ysunadi. 
Aralash tizimda kapital ta‘mirlashlar markaziy ta‘mirlash mexanika sexlarida, 
boshqa turdagi ta‘mirlash ishlari sexdagi ta‘mirlash bo‘linmalari yordamida 
bajariladi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin