2. Uzluksizlik tamoyili –jarayonlarning uzluksiz amalga oshirilishini ko‘zda tutadi. Bunga tasodifan yuzaga keladigan tanaffuslarni bartaraf etish orqali erishiladi.
yoki
Tish- ish vaqti davomiyligi
Tts- ishlab chiqarish sikili davomiyligi
3. Paralellik - barcha operasiyalarning bir vaqtda bajarilishini taminlash.
-parallel bajarilgan jarayonlar davomiyligi;
-ketma ket bajarilgan jarayonlar davomiyligi.
4 . Aniqlilik tamoyili detal (bo‘g ‘in, axborot)larning ish o‘rinlari bo ‘yicha qisqa, aniq harakatni ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Lopt - ortiqcha bo‘g ‘inlar,bo‘g ‘inlar dastlabki ish o‘rniga qaytishlarini bartaraf yetish natijasidagi masofa
Lhaq - mehnat buyumining haqiqiy o‘tish yo ‘li davomiyligi.
5. Maromiylik ma’lum bir vaqt oralig ‘ida bir xil hajimdagi ishni bajarishni ko‘zda tutadi
𝚺Qix - reja doirasida ma’lum vaqt orasida bajarish ishlar hajmi.
𝚺Qip - rejalashtirilgan ish hajmi. 5
3.3. Ishlab chiqarish sikli va uning davomiyligini qisqartirishning iqtisodiy ahamiyati. Ishlab chiqarish jarayoni murakkab jarayon hisoblanib, ma’lum bir muhitda, maydonda va vaqtda amal qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini vaqtda tashkil etishning muhim vazifalaridan biri ishlab chiqarish davomiyligini minimallashtirish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sikli deganda hom-ashyoni jarayonga kiritilgan vaqtdan boshlab tayyor mahsulotga aylanib omborga qabul qilingunga qadar sarflangan vaqt tushuniladi. Ishlab chiqarish sikli davomiyligini ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini ifodalovchi muhim harakteristikalaridan hisoblanadi. Buyumlar partiyasini tayyorlash sikli materiallarni ishlab chiqarishga kelib tushgan vaqtdan detallarni ishlab chiqarishni tugatishgacha bo ‘lgan kalendar vaqtdir.
Ishlab chiqarish sikli ko‘rsatkichi ichki rejalashda xususan korxona, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturini asoslashda, mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayonidagi harakati kalendar grafigini tuzishda, tugallanmagan ishlab chiqarish va aylanma vositalar miqdorini aniqlashda keng qo ‘llaniladi.
Ishlab chiqarish sikli tarkibi quyidagi vaqtlardan tashkil topadi:
Buyumni tayyorlash bilan bog ‘liq texnologik operasiyalarni bajarishga sarflangan vaqt(texnologik sikl)
Yordamvhi operasiyalarni bajarishga sarflangan vaqt, ya’ni detal va bo‘g ‘inlarni transpartirovka qilishga sarflangan vaqt, mahsulotlarni hisobga olish va taxlashga sarflanga vaqt, mahsulot sifati ustidan nazorat uchun sarflangan vaqt va hakazo.
Tabiiy jarayonlar vaqti ya’ni mahsulot xususiyatini mehnat ishtirokisiz o‘zgartirish vaqti. Masalan, shaklga solinayotgan detallarni quritish, bo‘yalgan detallarni quritish vaqtlari.
Ishlab chiqarish jarayoni davomida yuzaga keladigan tanaffuslar vaqti. Bunda mehnat ta’siri kuzatilmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonlari tugallanmagan.
Tanaffuslar reglamentlashtirilgan ya’ni korxona ish tartibi bilan bog ‘langan ushbu korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlari bilan bog ‘langan tashkiliy texnik tanaffuslar ajratiladi. Ishlab chiqarish siklining dastlabki 3 ta tashkil etuvchilari ishlab chiqarish siklining ishchi davri deyiladi. Detallar partiyasini ishlab chiqarish sikli davomiyligining umumiy holda quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin :
Tish/ch=((Tt/y+Ttex)Kpar+Ttab+Tyor+Ttash)Kkal Tish/ch -tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, soat.
Ttex -texnologik sikl davomiyligi(ketma-ket harakat turida) soat.
Kpar -parallelik koffitsentni ya’ni parallel yoki parallel ketma-ket harakat turidagi texnologik siklning ketma-ket harakat turidagi siklga nisbati.
Ttab -tabiiy jarayonlar vaqti, soat.
Tyor -yordamchi jarayonlar vaqti, soat.
Ttash -tashkiliy texnik tanaffuslar vaqti, soat.
Kkal -kalendarlik koeffitsenti.
Kalendarlik koffitsenti ishlab chiqarish siklini kalendar kunlarda ifodalsh zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. Ushbu ko‘rsatkich yildagi kalendar kunlar sonini hisobot yoki reja davridagi yo‘naltirilgan tartib bo‘yicha haqiqiy ish kunlariga nisbati orqali aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida turli ishlar va tanaffuslarga vaqtning o‘zaro nisbati ishlab chiqarish sikli tuzilmasi deyiladi va ishlab chiqariladigan mahsulot xarakteri, texnologik jarayon xususiyatlari, ishlab chiqarish turi bilan belgilanadi. Shu sababdan turli tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish sikli tuzilmasi turlicha bo‘ladi. Masalan, uzluksiz ishlab chiqarish jararyoniga ega korxonalarda (metallurgiya) siklining ishchi qismi yuqori salmog ‘ga ega. Partiyali usulni qo‘llaydigan korxonalarda (mashinasozlik) turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan tanaffuslar 60-80%ni egallaydi.
Ishlab chiqarish siklining tuzilmaviy tashkil etuvchilari davomiyligiga shuningdek konstruktiv-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy omillarga bog ‘liq bo‘ladi.
Konstruksiyaning murakkabligi, gabarit, buyum og ‘irligi ishlab chiqarish jarayonlari soni, ularning o‘zaro bog ‘ligini, ishlarning umumiy mehnat sig ‘imining va demak ishlab chiqarish siklining davomiyligini ham belgilaydi.
Ishlab chiqarish sikli davomiyligi texnologik jarayonni turli xildagi asbob va moslamalar bilan jihozlanganlik darajasiga bog ‘liq bo‘lib, ushbu omil ishlov berish yoki mahsulotni yig ‘ishga ta’sir ko ‘rsatadi.
Tashkiliy-iqtisodiy omillar mehnat buyumlarining ishlab chiqarish jarayonidagi harakati ish o‘rinlarini tashkil etish darajasi bilan bog ‘liq. Tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar yordamchi operasiyalarning davomiyligiga shuningdek mehnat buyumlari harakati davomiyligiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish siklini davomiyligini qisqartirishning iqtisodiy ahamiyati shundaki, uning davomiyligi tugallanmagan ishlab chiqarish miqdorini belgilab beradi. Mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish sikli davomiyligining uzunligi oqibatida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi korxona tovar moddiy zaxiralari tarkibidagi aylanma mablag ‘larning 30-50%ini tashkil etadi. Ishlab chiqarish siklini qisqartirish aylanma mablag ‘larga talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish sikli davomiyligi qanchalik uzun bo‘lsa shuncha ko‘p aylanma mablag ‘ talab etiladi, ularning aylanish davri shunchalik katta bo‘ladi ya’ni aylanma mablag ‘larning bekor turish vaqti uzoq bo ‘ladi. Ishlab chiqarish siklini qisqartirish ombor maydoniga bo‘lgan talabini kamaytiriladi. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilaydi, mahsulot tannarxining pasayishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish sikli davomiyligini aniqlashda odatda uning 3 ta tashkil etuvchisi ajratiladi -texnologik sikl davomiyligi, turli xil sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan tanaffuslar vaqti va tabiiy jarayonlar vaqti (agar texnologik jarayonda ko‘zda tutilgan bo‘lsa). Ishlab chiqarish siklining qolgan elementlari uncha katta vaqtni egallamaydi yoki tanaffuslar vaqtida bajarilishi mumkin. Masalan, transport operasiyalarini bajarish, mahsulotni qadoqlash vaqti.
Ishlab chiqarish davomiyligi ishlab chiqarish sikli deb yuritilib, xom ashyo materiallarni ishlab chiqarish jarayoniga kiritishdan tayyor mahsulot bo‘lib chiqishigacha sarflangan kalendar vaqtni o ‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish sikli tarkibiga kiruvchi elemetlar ichida mehnat sig ‘imi bo‘yicha katta salmoqni texnologik jarayonlar vaqti tashkil etadi.
Texnologik jarayonlar davomiyligini hisoblash alohida detal uchun detallar partiyasi va mahsulot uchun turlichadir.
Partiyadagi detallar (mahsulotlar)ni bir operasiyada ishlovdan o‘tish vaqti ya’ni operasiya sikli (Top) quyidagiga teng.
Top = n tdona /C (min)
bu yerda: n - detallar partiyasi miqdori, dona,
tdona - operasiya uchun donaviy vaqt (min),
C - operasiyani bir vaqtda bajarayotgan ish o‘rinlari soni, dona.
Texnologik sikl davomiyligi bajariladigan operasiyalar mehnat sig ‘imi va detallar partiyasining operasiyadan mehnat buyumlarining harakat turiga bog ‘liq bo ‘ladi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarining 3 xil harakat turi kuzatiladi.
1. Ketma- ket.
2. Parallel.
3. Parallel ketma-ket.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlarining ketma-ket harakat turiga detallar partiyasi bir operasiyadan keyingi operasiyaga faqat partiyadagi barcha detallar to‘liq ishlovdan o ‘tgandan so‘ng uzatiladi. Bu yerda parallellikka faqat bir xil operasiyalarini bir nechta ish o‘rnida bajarishda ruhsat beriladi.
Bunda ishlab chiqarish siklining texnologik qismi uzunligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
Tteg k/k = t1. n+ t2. n+ t3. n+ ....... tm. n = tdonai. n
yoki Ttex k/k =
bu yerda: tdona - operasiyani bajarishga sarflangan vaqt, min,
m - jarayondagi operasiyalar soni,
n - partiyadagi detallar soni (dona).
Masalan: 20 dona detaldan iborat partiya ishlov berish jarayonida 4 ta operasiyadan o ‘tadi. Operasiyalar davomiyligi quyidagicha:
t1 = 0,5 min, t2 = 2 min, t3 = 1 min, t4 = 3 min.
Operasiyadagi ish o ‘rinlari soni mos ravishda:
C1 = 1, C2 = 1, C3 = 1, C4 = 2.
Transport partiyasi miqdori P = 5 dona. Detallarning ketma-ket harakat turida texnologik sikl davomiyligi quyidagiga teng bo ‘ladi.
Ttex k/k = 20 = 20 . 5 = 100 min.
Barcha operasiyalar bo ‘yicha detallar partiyasi harakati vaqti tanaffuslar vaqtini e’tiborga olmaydi, shu sababdan ushbu vaqt ishlab chiqarish sikli haqiqiy davomiyligidan har doim qisqa bo ‘ladi.
Ushbu holatda texnologik sikl uzunligi partiya miqdori va barcha operasiyalar mehnat sig ‘imiga to‘g ‘ri proporsionaldir.
Operasiyalarning ketma-ket harakat turini uncha katta bo‘lmagan partiyalar va mehnat sig ‘imi kichik bo‘lgan mahsulotlar uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Shu sababdan ketma-ket harakat turi yakka tartibli, kichik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Ketma-ket harakat turi sodda harakat turi hisoblanib, har bir ish o ‘rnida uzluksiz ishni tashkil etishni ta’minlaydi. Lekin shu bilan birga ushbu harakat turi eng uzun hisoblanadi va bunga detallarni keyingi operasiyani kutish vaqtlarining kattaligi sabab bo‘ladi. Bizning misolimizda birinchi operasiyada birinchi detalga ishlov berilguniga qadar ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi, ikkinchi detalga ishlov berulgunigacha birinchi, uchinchi, to‘rtinchi detallar bekor turadi. Demak, ishlov berilayotgan har bir detalning 1-operasiyada turish vaqti 1-operasiya vaqtini ishlov berilayotgan detallarga ko‘paytmasiga teng. Barcha operasiyalarda turli vaqt quyidagiga teng bo ‘ladi
ttur = t1(n-1) + t2(n-1) + t3(n-1) + tm(n-1) = tdona(n-1)
Misolimizda barcha detallarning turli vaqti
(0,5 + 2 + 1 + 1,5)(20 - 5) = 75 min
yoki ishlab chiqarish siklining 75% ga teng bo ‘ladi.
2. Ishlab chiqarish davomiyliginini qisqartirish uchun mehnat buyumlarini bir operasiyadan ikkinchisiga qismlarga bo‘lib uzatish mumkin. Mehnat buyumlarni bunday tarzda uzatish asosan parallel harakat turida kuzatiladi.
Parallel harakat turida operasiyalar o‘zaro shunday moslashtiriladiki, bunda har bir detal keyingi operasiyaga partiyadagi boshqa detallarga ishlov berishni kutmay uzatiladi. Operasiyalar harakatining ushbu turi jihozlar texnologik jarayon ketma-ketligida joylashtirilgan va operasiyalar davomiyligining tenglashishiga erishilgan sharoitida samarali hisoblanadi. Bunda operasiyalar orasidagi kutish vaqti yo‘qligi hisobiga detallar harakat vaqti qisqa bo‘ladi, natijada ishlab chiqarish sikli davomiyligi qisqa va tugallanmagan ishlab chiqarish miqdori kam bo‘ladi. Lekin, parallel harakat turida ham stanok va ishchilarning bekor qolishlarini bartaraf etib bo‘lmaydi. Mehnat buyumlarining parallel harakat turi yirik seriyali,ommaviy ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Ishlab chiqarish sikli texnologik qismining davomiyligi quyidagi formuladan aniqlanadi.
Ttex par = tdona (n-1) tdona uz yoki
Ttex par = p (tdona/c)+ (n - r) (tdona/c)uz (tdona/c)uz - vaqt uzun operasiyani bajarish davomiyligi.
Yuqoridagi misolni parallel harakat turi uchun qo‘llasak, texnologik sikli quyidagiga teng bo ‘ladi:
Ttex par = 5(0,5 + 2 + 1 + 1,5) + (20 - 5) . 2 = 25 + 30 = 55 min
Operasiyalar harakatining ushbu turi jihozlar texnologik jarayon ketma ketligida joylashtirilgan va operasiyalar davomiyligining tengligiga erishilgan sharoitda samarali hisoblanadi. Bunda operasiyalar orasidagi kutish vaqtining yo‘qligi hisobiga detallar harakati vaqti qisqa bo‘ladi. Natijada ishlab chiqarish sikli davomiyligi qisqa va tugallanmagan ishlab chiqarish miqdori kam bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rilgan misolda 1,3- operasiyalardagi detallar 2- operasiya bajarilgunicha kutib qoladi. Demak, ushbu kutish 2 operasiyaga bog ‘liq bo‘lib, (n-r)tuz ni tashkil etadi.
(20-5) . 5 = 30 min yoki ishlab chiqarish siklining 54% [(30:55).100] ni tashkil etadi.
Lekin, parallel harakat turida ham stanok va ishchilarning bekor qolishlarini to‘liq bartaraf etib bo‘lmaydi. Ko‘rilayotgan misolda 1, 3, 4 operasiyalardagi ish o‘rinlari ma’lum vaqt davomida bekor turadi. Bunga ish o‘rinlaridagi operasiyalar davomiyligining har xilligi sabab bo‘ladi. Mehnat buyumlarining parallel harakat turi yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarishda keng tarqalgan.
3. Mehnat buyumlarining parallel ketma-ket harakat turiga partiyadagi detalga keyingi operasiyada ishlov berish o‘zidan oldingi operasiyadan detallarning bir qismi o‘tgach boshlanadi. Bunda 2 xil holat ajratiladi:
1-holatda1-operasiya 2-sidan uzun bo‘lgan holatda jarayon ketma-ket tashkil etiladi yoki yuqorida aytilganidek ma’lum bir zaxira shakllantirib keyin boshlanadi.
2-holatda 1-operasiya davomiyligi keyingisidan qisqa bo‘lganda parallel harakat turidan foydalaniladi.
Mehnat buyumlarining parallel ketma-ket harakat turida, partiyadagi detallarga keyingi operasiyada ishlov berish, o‘zidan oldingi operasiyadan detalning bir qismi o‘tgach boshlanadi. Bunda ayrim operasiyalar ketma-ket, ayrimlari parallel bajariladi. Natijada ish o ‘rinlarini ish bilan to‘liq ta’minlash va ishlab chiqarish siklini qisqartirish imkoniyati ta’minlanadi.
Texnologik sikl uzunligi quyidagi detallar donalab uzatilganda.
Ttex k/k = tdona (n-1)(tuz -tqic) yoki detallar partiyalab uzatilganda
Ttex/k = n (tdona/c)- (n - r) (tdona/c)qis k bu yerda: tuz - uzun operasiyalarni bajarish vaqti summasi
(yig ‘indisi)
tqis - qisqa operasiyani bajarish vaqti summasi (yig ‘indisi).
“Qisqa” va “uzun” operasiyalarni aniqlashda ketma-ket operasiyalar solishtiriladi.
Ttex k/k = 20 (0,5+2+1+1,5)-(20-5)(0,5+1+1)=100 -37,5 = 62,5 min.
Ushbu harakat turida ishlab chiqarish siklini qisqarishiga operasiyalarni bajarish ketma-ketligini almashtirish ham ta’sir ko‘rsatadi.
Operasiyalar davomiyligi bir tekisda o‘sib yoki kamayib boradigan holat qulay variant hisoblanadi. Detallarni kutib qolish vaqti quyidagicha aniqlanadi.
Tkut = (n-r) tqis tkut = (20-5)(0,5+1+1) = 37,5 min yoki ishlab chiqarish siklining (37,5:62,5).100 = 58% ni tashkil etadi.
Mehnat buyumlarining parallel ketma-ket harakat turi operasiyalar davomiyligining turlichaligi hisobiga to ‘liq sinxronlashtirishga erishish mumkin bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida mehnat buyumlari o‘zaro teng va kichik bo‘lgan operasiyalardan donalab, uzun operasiyadan qisqacha partiyalab uzatiladi.
Demak, ishlab chiqarish siklining texnologik qismi davomiyligi mahsulot (detallar) ni operasiyalar bo‘yicha harakatiga bog ‘liq bo‘lar ekan.
Ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning muhim omillaridan biri sarflanadigan vaqtni qisqartirish hisoblanadi. Mahsulot (xizmat) larni qisqa muddatlarda ishlab chiqarishni ta’minlash ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning pasayishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish muddatini qisqartirish xizmat ko‘rsatish darajasiga, korxona iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, aylanma mablag ‘larga talab kamayadi, ularning aylanish tezligi oshadi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi oshadi, korxonaning barcha resurslaridan foydalanish yaxshilanadi.
Mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarish muddatini qisqartirishning asosiy yo‘llari:
ishlab chiqarishga yangi, progressiv texnologiyani joriy qilish;
asosiy va aylanma fondlardan maksimal foydalanishni yo ‘lga qo‘yish;
ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg ‘or usullaridan foydalanish;
mehnatni ilmiy tashkil etish;
korxonani maxsus transport bilan ta’minlash, transport ishlarini mexanizatsiyalashtirish.