“Sanoat korxoalarida ishlab chiqarishni tashkil etish”. Darslik
G.M.Davlyatova, O.N.To‘ychiyeva, A.A.Salimov
Darslikda sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Xususan, ishlab chiqarish korxonalari tuzilmasi va xarakteristikalari, ishlab chiqarish turlari va usullari, ishlab chiqarishni tashkil etishning oqimli va partiyali usullari, yordamchi va xizmat ko ‘rsatish xo ‘jaliklarini tashkil etish, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, korxonada texnik nazoratni tashkil etish, korxonalarida mehnatni tashkil etish, sanoat korxonalarida tezkor rejalashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Darslik 5230100 “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan oliy o‘quv yurti talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo ‘lib, undan iqtisodiyotning turli sohalaridagi mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.
Taqrizchilar:
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti I. Xotamov,
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Makroiqtisodiyot” kafedrasi professori M.Nosirov
KIRISH
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish zaruriyati insonlardan yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi. Bu esa ularda iqtisodiy bilimlarni o ‘zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarali. Xususan, 2019 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to‘g ‘risida”gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-fanni yangi bosqichga ko‘tarish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi malakali kadrlarni tayyorlashga yangi talablarni qo ‘yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda iqtisodiy sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni qondirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, O ‘zbekistonni yuqori darajadagi industrlashgan mamlakatga aylantirish sanoat korxonalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan qarorlarni qabul qilishni talab qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalarini va shakllarini hamda usullarini mukammal o‘zlashtirgan mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni ta’minlaydi. Vaholanki hozirgi vaqtda turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni barpo etish va shu orqali iqtisodiyotni mustahkamlash ustuvor masala sifatida belgilangan.
Qo‘yilgan ushbu masalalarni hal qilish yuqorida aytilganidek chuqur iqtisodiy bilimlarni talab etadi. Shuning uchun malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlashda “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining ahamiyati beqiyosdir. “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish” fani ixtisoslik fanlar blokidagi tanlov fani sifatida “Iqtisodiyot” ta’lim yo ‘nalishining o‘quv rejasiga kiritilgan. ”Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ” fanini o ‘zlashtirish davomida talabalar korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari, ishlab chiqarish tuzilmas, ishlab chiqarish turlari va usullari, mahsulot sifatini nazorat qilish usullari, korxonada strategik va taktik rejalashtirishni tashkil etish bo ‘yicha bilim va malakalarini shakllantiradi.
Darslikning mazmuni talabalarda sanoat korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish bo ‘yicha mustaqil mushohada yuritishga ega bo ‘lish imkoniyatlarini beradi. Shunindek, unda korxona faoliyatini tashkil etishga tegishli masalalarni berilishi talabalarda qisqa muddat davomida faoliyatni tahlil qilish va yechim topa olish ko ‘nikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, bu fan talabalarga zamonaviy sharoitlarda korxonani qanday tashkil etish, uning faoliyatini yuritishga yo ‘naltirilgan zarur bilimlarni bergan holda faoliyatni samarali tashkil etish bo ‘yicha mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.