Iqtisodiy faoliyat turlari bo ‘yicha ro‘yxatdan o ‘tgan korxona va tashkilotlar soni.1
Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro ‘yobga chiqaradigan o‘z mahsuloti, ishlari, xizmatlarga bo ‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatini ta’minlash yo ‘li bilan erishiladi.
Har bir korxona o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat, moliyaviy va energetik resurslarga egadir. Korxona egalik qilish, umumxalq mulkining unga tegishli qismidan foydalanish va boshqarish huquqiga ega. Buning uchun u mustaqil balansga, bankda hisob raqamiiga ega, hisob-kitob tugallangan tartibini va ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining tahlili uchun hisobot berishni olib boradi. Ishlab chiqarish korxonalarining asosiy vazifasi aholining turli xalq iste’moli mollariga, maishiy va madaniy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirishdan iboratdir. Mana shu asosiy vazifadan korxona jamoasining hal qilinishi zarur bo‘lgan kundalik vazifalari kelib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko ‘rsatayotgan korxonalar tomonidan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xajmi tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval.
Dostları ilə paylaş: |