Test savollari:
1. “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining ob'ekti bu-
a) mehnat kollektividir;
b) iqtisodiy resurslardir;
c) ishchi kuchidir;
d) ishlab chiqarish korxonasidir.
2. Korxonalar faoliyatining asosiy maqsadi nima?
a) jamiyat extiyojlarini qondirish va ishlab chiqarishning ilg ‘or usullarini joriy etish;
b) yuqori foyda olish va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish;
c) jamiyat extiyojlarini qondirish va foyda olish;
d) korxona jamoasining daromadini oshirish.
3.Tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullarining majmuasi bu-
metod;
metodologiya;
predmet;
metodika.
4. Korxonalarning ishlab chiqarish - xo ‘jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy qonunlarning harakati va namoyon bo ‘lish shakllari va eng kam mehnat, moddiy va ma’naviy harakatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlovchi yuqori samarali ish usullarini ishlab chiqish fanning........
a) vazifasi;
b) funksiyasi;
c) predmeti;
d) uslubiyati.
5. Masalalar va voqeliklarni o‘zaro aloqadorlikda, bir-birini taqozo etishda o‘rganish usuli-
a) induksiya;
b) deduksiya;
c) dialektika;
d) ekstropolyatsiya.
6. Xodisalarning mayda elementlarini birlashtirish asosida yagona xulosaga kelish ----- usulining mohiyatini tashkil etadi.
a) sintez;
b) tahlil;
c) deduksiya;
d) induksiya.
7. Eng yaxshi ishlab chiqarish natijalariga kam xarajat bilan erishish uchun ishlab chiqarishning moddiy va mehnat elementlarini vaqtda va muxitda maqsadga muvofiq optimal uyg ‘unlashtirish jarayoni-
a) ishlab chiqarishni tashkil etish;
b) mehnatni tashkil etish;
c) korxonani boshqarish;
d) ishlab chiqarish sikli.
8. O‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish-
a) sintez;
b) tahlil;
c) deduksiya;
d) induksiya.
9. Korxona deb nimaga aytiladi?
a) korxona deganda yuqori tashkilot buyruk va ko'rsatmalarga binoan ish yurituvchi buyurtmalar asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi xo'jalik subxekti tushuniladi.
b) korxona deganda jamiyat extiyojlarini qondirish va foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarishva xizmat ko'rsatish uchun tadbirkor yoki ular uyushmasi tomonidan tashkil etilgan mustaqil xo'jalik yurituvchi sub’ekt tushuniladi.
c) korxona deganda davlat va xususiy shakllarga asoslangan va bozor iqtisodiyoti sharoitida mustakil ish yurituvchi tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uyushmasi tushuniladi.
d) korxona deganda mahsulot, xizmatlari ishlab chiqarish maqsadida uyushgan mehnat kollektivi tushuniladi
10. Tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish-
a) sintez; b) tahlil; c) deduksiya; d) ilmiy abstraktsiya.
Dostları ilə paylaş: |