Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Kursni o ‘rganish uslubiyati



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

1.2. Kursni o ‘rganish uslubiyati.
Ilm yoki fanning metodologiyasi deyilganda uni bilish va o ‘rganish faoliyatining shakllari hamda usullari tushuniladi. Shu fan bo ‘yicha masalani o‘rtaga tashlash, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish. shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’yektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyasini qo‘llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya - bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullarining majmuasidir.
“Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish “ fanining metodologik asosini dialektika bilimining umumiy nazariyasi tashkil etadi. Bu nazariyaga binoan masalalar va voqeliklar o ‘zaro aloqadorlikda, bir-birini taqozo etish, vaqt va fazoda ularning o‘zgarishi va rivojlanishida eskilik bilan yangilikning kurashida ko ‘rib chiqiladi.
Dialektika usuli muammolar o ‘rganilayotganda omillar va shart-sharoitlarning namoyon bo‘lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi. Dialektika usuli o‘z ichiga mantiqiy va namunaviy usullarni oladi.
O‘rganishning mantiqiy usuli quyidagi yondoshishlarda o‘z aksini topadi: rejali iqtisodiyot nuqtai nazaridan, tarmoqlararo, tizimtik, kompleks, optimallashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida bu fan har turli xususiy usullardan, jumladan, mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va de­duksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog ‘liq bo‘lgan normativ usul, extimollar), iqtisodiy - matematik modellashtirish, optimallashtirish, modellashtirish, anketalash, ekspertli baholash, iqtisodiy eksperi­ment (tajriba) dan foydalanadi.
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir.
Bu usul yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish.
Sintez bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
Namunaviy usul o‘z mazmuniga binoan ma’lum bilim, maslaxat, tavsiyalar beradigan tajribani umumlashtirishni bildiradi.
“Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish “ faniga oid barcha masalalarni yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o ‘rganish, tahlil qilish bu fanni o‘rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilimi va ilmiy saloxiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin