Tashkiliy-iqtisodiy birlik yagona boshqaruv organining, yagona ishlab chiqarish jamoasining mavjudligi, ma’muriy jixatdan ajratilganlik, ishlab chiqarish rejasining uning bajarilishini ta’minlovchi material, texnik, moliyaviy resurslar bilan o‘zaro bog ‘liqligi bilan xarakterlanadi.
2.2. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Korxona faoliyatining yakuniy natijasini belgilovchi muhim omillardan biri uning ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish tizimining samarali tashkil etilishidagina xo ‘jalik tizimi o‘zida ishlab chiqarish vositalari va ishchilarni birlashtirgan yagona harakatlantiruvchi mexanizmga aylanadi.
Har bir korxona turli sex, uchastka va xo ‘jaliklardan, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan tashkil topadi. Korxonaning ishlab chiqarish bo‘g ‘inlari shuningdek boshqaruv va xizmat ko‘rsatish bilan bog ‘liq bo‘linmalar, ularning soni, ishlovchi xodimlar soni umumiy strukturani tashkil etadi.
Korxonaning ishlab chiqarish bo ‘linmalari tarkibiga asosiy mahsulot, asbob uskunalar ishlab chiqaradigan, jihozlarni ta’mirlash, material, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash bilan bog ‘liq sex va uchastkalar kiritiladi. Korxona xodimlariga xizmat ko ‘rsatuvchi tashkiliy bo ‘limlarga uy-joy, kommunal xo‘jaliklar, bolalar bog ‘chalari, oshxonalar, profilaktoriyalar, malaka oshirish bo‘yicha o‘quv yurtlari tarmoqlari kiradi.
Umumiy strukturadan farqli ravishda ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish shaklini ifodalaydi va korxona o ‘lchamlaridan, sexlar soni, tarkibi, salmog ‘i, planirovkasi, ishlab chiqarish uchastkalari, ish o‘rinlarining tarkibida o‘z aksini topadi.
Korxona ishlab chiqarish tuzilmasijuda ko‘p omillar ta’sirida tashkil topadi, ishlab chiqariladigan mahsulot turi, xususiyati, konstruksiyasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarish turi, ixtisoslashtirish darajasi, jihozlar va texnologik uskunalar xarakteri, ishlab chiqarish masshtabi, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish kabilar shular jumlasidandir.
Ayniqsa ishlab chiqarish tizimining ishlab chiqarish jarayoni xususiyati bilan bog ‘liqligi diqqatga sazovordir. Chunki, ishlab chiqarish tuzilmasikorxona ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning shakli hisoblanadi. Ushbu jarayon xususiyatlaridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish tizimida asosiy va yordamchi jarayonlarni shuningdek yondosh ishlab chiqarishni ajratiladi. Ba’zi vaqtda yordamchi ishlab chiqarish tarkibida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik ham ajratiladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishda birlamchi bo‘g ‘in bo‘lib ish o‘rinlari hisoblanadi.
Ish o‘rni - ishlab chiqarish maydonining ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan maxsus jihoz va uskunalar yordamida ayrim operasiyalar bajariladigan qismi.
Ish o‘rinlari individual (yakka tartibli) va kollektiv ish o‘rinlariga bo‘linadi. Yakka tartibli ish o ‘rinida faqat bitta ishchi ishlaydi. Masalan, tokarlik stanogida ishlaydigan tokar, tikuv mashinasida ishlayogan tikuvchi. Kollektiv ish o‘rnida bir ish o‘rnida ishchilar kollektivi (brigada) faoliyati ko‘rsatadi. Masalan: yig ‘uv konveyeridagi slesarlar brigadasi.
Ayrim hollarda ko‘p stanokli ish o ‘rinlari ham tashkil etiladi. Bunda bir ishchi birdaniga 2 yoki undan ortiq jihozlarni boshqaradi. Masalan: to‘quvchi bir nechta to‘quv stanogiga xizmat ko‘rsatadi.
Ish o‘rinlarining maqsadga muvofiq birlashuvchi ishlab chiqarish uchastkalarini tashkil etadi, ya’ni ishlab chiqarish uchastkasi bir xil turdagi mahsulotni ishlab chiqarish borasida texnologik jihatdan o ‘xshash ishlarni bajariladigan territorial jihatdan ajratilgan ish o‘rinlari majmuidir. Ishlab chiqarishda ishtirok etish xarakteriga bog ‘liq holda ishlab chiqarish uchastkalari asosiy va yordamchi bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish uchastkasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar shu korxonada qayta ishlanishga mo ‘ljallanadi.
Korxona ishlab chiqarish tizimida yetakchi o‘rinni sex egallaydi, chunki har bir korxona sexlar majmuidir.
Sex - korxonaning mahsulot yoki uning bir qismini tayyorlash, ishlab chiqarishning ma’lum bir bosqichi amalga oshiriladigan administrativ jihatdan chegaralangan bo ‘limi.
Lekin kichik va ba’zi bir o‘rta korxonalar sexsiz struktura asosida tashkil etiladi. Bunda korxona bevosita ishlab chiqarish uchastkalaridan tashkil topadi.
Sex turi ishlab chiqarish xarakteridan kelib chiqadi.
Sex va ishlab chiqarish uchastkalarining quyidagi turlari ajratiladi.
1. Asosiy sex yoki uchastkalar.
Bu bo‘linmalarda xom ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishga qaratilgan jarayonlar amalga oshiriladi.Masalan: mashinasozlik korxonalardagi quyish, mexanik, yig ‘ish sexlari, tikuvchilik fabrikalaridagi tayyorlov - bichuv, tikish sexlari.
2. Yordamchi sexlar - asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga xizmat qiladi, asbob- uskuna bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, jihozlarni ta’mirlash va h.k.Yodamchi sexlarga asbob-uskuna, ta’mirlash, energetika, transport sexlari kiradi.
3. Xizmat ko‘rsatuvchi sexlar va xo‘jaliklar ishlab chiqarishga ma’lum turdagi xizmatlarni ko ‘rsatish bilan shug ‘ullanadi. Ularning tarkibiga ombor, transport xo‘jaliklari, sanitar-texnik moslamalar (suv ta’minoti tarmog ‘i, kanalizatsiyalar nasos stansiyalari, tozalash inshootlari) kiradi.
4. Yordamchi sex va uchastkalar asosiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash bilan shug ‘ullanadi.
5.Tomorqa xo‘jaliklari esa qo‘shimcha daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug ‘ullanadi. Masalan, idishlar ishlab chiqarish, g ‘isht ishlab chiqarish, yog ‘ochlar ishlab chiqarish.
Bulardan tashqari yirik korxonalarda tajriba (eksperimental) sexlar va laboratoriyalar, nostandart jihozlar sexlari ham mavjud bo ‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, tajriba o‘tkazish bilan shug ‘ullanishadi.