Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Tezkor (operativ) rejalashtirish xususiyatlari, vazifasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə76/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

13.1.Tezkor (operativ) rejalashtirish xususiyatlari, vazifasi.
Tezkor rejalashtirish ichki rejalashtirishning yakunlovchi bosqichi bo ‘lib yillik rivojlanish rejalarida ko ‘zda tutilgan vazifalarni o ‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Joriy rejalashtirish belgilangan strategik maqsadlarga erishishga yo ‘naltirilgan operativ boshqaruv qarorlari bilan uzviy bog ‘langan.
Demak tezkor rejalashtirishga quyidagicha tarif berish mumkin. Tezkor rejalashtirish deganda reja iqtisod xizmatlarining joriy faoliyatini amalga oshirish (masalan ishlab chiqarish dasturini tuzish korxonaning kvartallik byudjetini shakllantirish natijalarini nazorat va korrektirovka qilish tushiniladi)
Tezkor rejalarning ikki turi ajratiladi: kalendar va joriy.
Kalendar rejalarda yillik reja vazifalari ishlab chiqarish bo ‘linmalari va bajarish muddatlari bo ‘yicha taqsimlanadi. Ularning yordamida sutkalik vazifalar belgilanadi, ishlarning ijrochilar tomonidan bajarish ketma ketligi muvofiqlashtiriladi.
Kalendar rejalarni ishlab chiqarish uchun boshlang ‘ich ma’lumot bo ‘lib yillik ishlab chiqarish xajmi, mehnat sig ‘imi, tovarlarni bozoga yetkazish muddatlari hisoblanadi.
Joriy rejalashtirish yoki dispecherlash ishlab chiqarish jarayonlarining borishini tezkor nazorat qilish va tarkib solig ‘ini, shuningdek mahsulot ishlab chiqarilgan va turli resurslar sarfini hisobga olishni ko ‘zda tutadi.
Qo ‘llash soxasiga ko ‘ra tezkor rejalashtirish sexlar aro va sex ichidagi rejalarga bo ‘linadi.
Sexlar aro rejalashtirish korxona sexlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishining nazorat qilish, asosiy va yordamchi sexlar, funktsional xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Sex ichidagi rejalashtirsh tezkor (operativ) rejalarni ishlab chiqish, uchastkalar, potok liniyalari va ish o ‘rinlarning faoliyatini garafiklarini tuzishi ko ‘zda tutadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda operativ rejalashtirishning turli tizimlari qo ‘llaniladi. Tezkor rejalashtirish tizimlari turlarini tanlash mahsulotga talab xajmi, rejalashtirish xarajatlari va natijalari, ishlab chiqarish mashtabi va turi, korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda rejalashtirish tizimlaridan detalli, buyurtmali va komplekt tizimlar keng tarqalgan.
Detalli tizim yuqori darajada tashkil etilgan va barqaror ishlab chiqarish sharoiti uchun mo ‘jallangan bo ‘lib, ma’lum unda har bir detal bo ‘yicha belgilangan reja davri uchun soat, smena, kun ishlab chiqarish faoliyati nazorat qilinadi. Buyurtmali tizim asosan barqaror ishlab chiqarishda qo ‘llaniladi. Ushbu tizim asosida potok tizimlari takti va ritmini aniq rejalashtirishni, texnologik, trasport, sug ‘urta zadellarini to ‘g ‘ri aniqlash yetadi. Shu sababdan ushbu tizimini cheklangan doimiy nomeklaturadagi mahsulot ishlab chiqarishda qo ‘llash maqsadga muvofiq. Buyurtmali tizim yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda qo ‘llaniladi. Ushbu xolatda rejalashtirish ob’ekti bo ‘lib, alohida olingan buyurtma hisoblanadi. Rejalashtirishning buyurtmali tizimi ishlab chiqarish sikli va o ‘zish normativilarini hisoblashga asoslanadi.
Kompleks tizim seriyali ishlab chiqarishda keng qo ‘llaniladi. Ushbu tizimda kalendar vazifalar alohida turudagi detallar bo ‘yicha emas, balki detal komplekti yoki guruhi bo ‘yicha belgilanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin