Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish nomenklaturasini kengaytirish muammolari



Yüklə 35,86 Kb.
səhifə4/6
tarix24.10.2023
ölçüsü35,86 Kb.
#161070
1   2   3   4   5   6
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish nomenk-fayllar.org

2012


2013


2014





2015









32578,6

40500,3

48259,5

55206,5


Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston sanoatining asosiy fondlari juda tez sur’atlar bilan o’smoqda. Bu o’sish MDH davlatlarining o’rtacha o’sish sur’atlaridan anchagina tez va sifatliroqdir.

Hukumatimiz tomonidan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash masalariga alohida e’tibor qaratilib me’yoriy hujjatlar qabul qilingan4. Ushbu me’yoriy hujjatga binoan “Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o’zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining o’sishini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida: ...sanoat tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini o’tkazish ...va texnik audit natijalarini o’rganish asosida 2017 — 2020 yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o’tganlari bilan almashtir...”5ish nazarda tutilgandir.
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo’ladi.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.


  2. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat buyumlarini o’zgarishi bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko’priklar va h.k.).


  3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi uskunalar.


  4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:


  • energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo’ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);


  • ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbobuskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.


  1. Transport vositalari.


  2. Har xil asboblar.


  3. Ishlab chiqarish inventarlari.


  4. Xo’jalik inventarlari.


  5. Boshqa asosiy fondlar.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishning bosqichma-bosqich o’tish davrida davlatning ilmiy texnika siyosati mohiyati shuki, u respublika ichki talabini tez qondiradigan, jahon bozorida raqobatbardosh bo’la oladigan, iqtisodiyot tarmog’larini tubdan yangilanishiga imkon beradigan ilmiy va texnologik tadqiqotlarga ko’maklashishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida “O’zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o’tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko’paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi”6 deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat XXI asr boshida shu narsa ma’lum bo’ldiki, ilmiytexnik rivojlanish darajasi va innovatsion muhit (ilm-fan, ta’lim, yangi texnologiyalarning mahalliy va jahon bozorlari) barqaror iqtisodiy o’sishga asos bo’lishi mumkin ekan. Yurtboshimiz mamlakatimizdagi innovatsion o’zgarishlarga e’tibor qilib, “...ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish

Yüklə 35,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin