Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin.
Texnologik kooperatsiya — bu bir va bir necha korxonalar o`rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo`yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi.
Tarmoqlararo kooperatsiya sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat ko`rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog`i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma‘lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar etkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin.
O`zaro bog`liq bo`lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperatsiya keng tus olishi mumkin.
Rayonlararo kooperatsiya turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o`rtasidagi aloqalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. Bunda etkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-alohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona (firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atiga bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo`ladi.
ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot tannarhidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarhida tashqaridan kooperatsiya yo`li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 60-65 foizni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyaning turli shakllari va usullarining rivojlanishiga quyidagi omillar ta‘sir ko`rsatadi92:
muayyan mintaqa ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarining rivojlanish darajasi va tarmoqlararo ishlab chiqarish jarayonlarining integratsiyalashuv darajasi;
tovarlar, mehnat, sarmoya va xizmatlar bozorining shakllanish darajasi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va uning holati;
mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, turli xildagi xizmatlarni ko`rsatish sohasida raqobatning rivojlanganlik darajasi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishda turli xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar o`rtasidagi kooperatsion aloqalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi93.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ (2006 yil 5 yanvar, PF–3706-sonli), ―Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ (2007 yil 12 noyabr, PF–3937-sonli) Farmonlari xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar o`rtasidagi kooperatsion aloqalarni yanada kuchaytirishga imkoniyat yaratuvchi ko`plab chora-tadbirlar qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi PF–3937-sonli
―Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora- tadbirlari to`g`risidagi Farmoniga binoan mamlakatimizda Respublika savdo yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyati yo`lga qo`yildi. 2008 yilda Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga xalqaro ahamiyatdagi maqomi berildi. Endilikda sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ikki bosqichda, ya‘ni, birinchi bosqichda – tarmoq ko`rgazmalari va yarmarkalari, ikkinchi bosqichda – xalqaro tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi sifatida o`tkazilmoqda. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining tashkil etilgandan buyon faoliyati umumiy natijalarini quyidagi jadval orqali ko`rishimiz mumkin (8.2-jadval). O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi Farmonida bu haqida to`g`ridan to`g`ri shunday deyilgan: ―Respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror o`sishini ta‘minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o`rtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi oila byudjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo`lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini
ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi‖94.
kichik-bizns-imkoniyatlaridan-foydalanish-yonalishlari
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2006 yil 5 yanvаrdаgi ―Yirik sаnоаt kоrхоnаlаri bilаn kаsаnаchilikni rivоjlаntirish аsоsidаgi ishlаb chiqаrish vа хizmаtlаr o‘rtаsidаgi kооpеrаsiyani kеngаytirish rаg‘bаrlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidаgi Fаrmоni. Хаlq so‘zi. 2006 yil 5 yanvаr
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko’p resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u ana shu resurslardan to’la-to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish roliga ko’ra asosiy va Aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, o’tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi2. Ular ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo’lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim qismini tashkil etib, bu ko’rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib bormoqda. 1995-2015 yillar mobaynida sanoatning asosiy fondlari 576 marta o’sdi. O’zbekiston Respublikasi sanoatining jami asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining dinamikasini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.
9- jadval Sanoat korxonalarining asosiy fondlari3 (mlrd. so’m)
Dostları ilə paylaş: |