Sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish


Mehnat resurslaridan foydalanish



Yüklə 336,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü336,62 Kb.
#165918
1   2   3   4   5   6
450-455

Mehnat resurslaridan foydalanish
.
Foydalanish deganda iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan mehnat resurslarini
ta’riflovchi ikki yo’nalish tushuniladi. Bu, birinchidan, mehnat resurslarining taqsimlanishi va
ikkinchidan ularning mehnatidan xalq xo’jaligi va iqtisodiyotda foydalanish samaradorligidir.
Mehnat resurslarini taqsimlash deganda resurslarning xalq xo’jaligida ishlaydigan va
ishlaymaydigan qismlari tushuniladi. Ishlaydigan aholi, o’z navbatida, ayrim tarmoqlar, kasb
guruhlari bo’yicha taqsimlanishi, shu jumladan, aqliy va jismoniy mehnat bo’yicha, mehnat
rejimi bo’yicha, sotsial-iqtisodiy sohalar bo’yicha qarab chiqiladi.
Mehnat bilan bandlarni xalqaro jihatlardan biri ularni «iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha»
quyidagicha taqsimlashdir:

yollanma xodimlar (korxona rahbari yoki ayrim shaxs bilan mehnat shartnomasituzgan
fuqarolar);

ish beruvchilar (mustaqil ish olib boradigan va bitta yoki bir nechta shaxsni ishlash
uchun doimiy yollab turadigan xodimlar kiradi);

o’z hisobidan ishlaydigan shaxslar (doimiy asosda yollanma xodimlarni yollamaydigan
fuqarolar);

ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari (kooperativlarning faol ishlovchi a’zolari
hisoblanadigan shaxslar).
Korxonada mehnat unumdorligini oshirish hamda mehnat resurslarini samarali boshqarish
usullaridan biri motivlashtirish vositasida boshqarish usuli hisoblanadi.Motivlashtirish
strategiyasini tanlashda uchta yondoshuv mavjud:
1. Rag’batlantirish va jazo strategiyasi.( ya'ni, har bir xodim mukofotga intiladi.)
a. kim ko’p va yaxshi ishlasa, unga yaxshi haq to’lanadi;
b. kim undan ko’p ishlasa shunchalik ko’p mukofotlanadi;
c. kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi yoki jarima to’laydi.
2. Ish orqali motivlashtirish.(agarda xodimga uni qoniqtiradigan ishni berilsa, ijro etish sifati yuqori
bo’ladi.)
3. Menejerlar bilan har doim aloqada bo’lish strategiyasi: bo’ysinuvchilar bilan birga maqsadni
aniqlab olish. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan xodim o’rtasidagi munosabatni tahlil qilish va
unga ustuvorlik berishga asoslanadi.
Motivlashtirishning quyidagi usullari qo’llaniladi:


453
pulni rag’batlantirish va mukofotlash sifatida ishlatish;
jazolash;

raqobatni kuchaytirish;

ish orqali motivlashtirish;

yutuqni tan olish va taqdirlash;

xodimlarni o’qitish va yuksaltirish;

salbiy ta'sirni cheklash va me'yorlash;

guruh mehnatini mukofotlash va rag’batlantirish;

xodimlarni boshqarish ishlariga jalb etish va hk.
Biz yana «mehnatni sarf qilish samaradorligi» degan ta’rifni aniqlab olishimiz kerak. Har
qanday faoliyat turidagi samaradorlik pirovard natijada mahsulot yoki xizmatlar birligini ishlab
chiqarishga sarflanadigan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnat sarf qilish samaradorligi bo’yicha
mintaqalar farqiga sabab shuki, turli hududlarda texnologiya darajasi, mehnatni tashkil etish
darajasi turlicha bo’ladi. Turli sabablarga ko’ra, shu jumladan, etnik va tarixiy xususiyatlarga ega
bo’lgan sabablarga ko’ra ham xodimlar malakasi bir-biridan farq qilishi mumkin.

Yüklə 336,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin