Sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish


Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlil qilishning ahamiyati



Yüklə 336,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü336,62 Kb.
#165918
1   2   3   4   5   6
450-455

Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlil qilishning ahamiyati.
Korxonalarning kerakli mehnat resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanishi, ulardan
oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi, mahsulot hajmini
ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan,
barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan
foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning
tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan
ta’minlanganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liqdir.
Tahlil qilishning asosiy vazifalari
quyidagilardir:-korxona va uning tarkibiy
bo’linmalarining, shuningdek, toifalar va kasblar bo’yicha mehnat resurslari bilan
ta’minlanganligini o’rganish va unga baho berish;-mehnat resurslari ko’nimsizligi
ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish va mehnat resurslari zahiralarini aniqlash, ulardan yanada
to’laroq va samaraliroq foydalanish.
Mehnat resurslari sifat tarkibini malaka bo’yicha tahlil qilish zarur. Xodimlarning malaka
darajasi ko’p jihatdan ularning yoshiga ish stajiga, ma’lumotiga va hokazolarga bog’liqdir. Shu
sababli, tahlil jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, ma’lumoti bo’yicha o’zgarishlar
o’rganiladi.
Sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning yana
muhim bir omili ularni samarali boshqarishni tashkil etishdir. Mehnat resurslarini boshqarish bu
mehnat vazifalarini bajarishda ularning aqliy va jismoniy qobiliytlaridan eng unumli foydalanish
maqsadida ularning manfaatlari, xulq–atvori va faoliyatiga ta’sir ko’rsatish tamoyillari, usullari,
shakllari va vositalari yig’indisidir.
Mehnat resurslarini boshqarish menejmentning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, odamlar
va ularning korxona ichidagi munosabatlari bilan bog’liq bo’ladi. Aynan odamlar ijod,
tashabbus hamda korxona oldida turgan vazifalarni bajarish uchun kuch–quvvat manbaidir.
Odamlarni boshqarmasdan hech bir tashkilot, xoh u katta yoki kichik bo’sin, xoh u tijorat
yoki notijorat tashkilot bo’lsin, faoliyat ko’rsata olmaydi. Mehnat resurslarini boshqarish
sohasida asosiy vazifa har bir kadrning o’z imkoniytlarini amalga oshirishi uchun sharoit
yaratish va har bir muayyn holatda insonga uning oldida turgan vazifalarni hal qilish
maqsadida zarur ta’sir ko’rsatish vositalarini topish. Mehnat resurslarini boshqarish ular
o’rtasidagi munosabatlarda adolat va samaradorlikka erishishga yo’naltiriladi. Mehnat


454
resurslarini borshqarish 1–jadvalda aks ettirilgan.
1–jadval

Yüklə 336,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin