Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

q
h
q
h
P
t
t
A
P
)
(





bu yerda Р

- nam termometrning t
h
temperaturaida tekshirilayotgai muhitning 
to‘yintiruvchi bug‘lar elastikligi, 
Pa
; Р

- quruq termometrning t
q
temperaturaida 
tekshirilayotgan muhitning to‘yintiruvchi bug‘lar elastikligi, 
Pa
; А - psixometrik 
koeffitsiyent bo‘lib, u psixrometrning tuzilishi, nam termometrga gaz haydash 
tezligi va gaz bosimiga bog‘liq, 
1/°С
. A koeffitsiyent ma’lum tuzilishli 
psixrometrlar uchun tuzilgan maxsus jadvallardan olinadi. Bu koeffitsiyentga ho‘l 
termometrga gaz haydash tezligi katta ta’sir qiladi. Gaz oqimining tezligi oshishi 


209 
bilan A koeffitsiyent kamayadi va 2,5 ч 3 
m/s
dan ortiq tezlikda doimiy bo‘lib 
qoladi. Sanoat psixrometrlarida gaz oqimining tezligini o‘zgartirmaydigan 
qurilmalar bor. Bu tezlik 3 ч 4 
m/s
dan kam emas. 
Elektr psixrometrlarda temperaturani aniqlash uchun termojuftlar, yarim 
o‘tkazgichli termoqarshiliklar va standart metall qarshilik termometrlari
ishlatiladi. 
140-rasmda qarshilik termometrlariga ega bo‘lgan elektr psixrometrning 
prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobning o‘lchash kismi I va II ko‘priklaridan 
iborat. Ikkala ko‘prik ham elektron kuchaytirgichning ikkita umumiy R
1
va R
3
yelkalariga ega. R
mq
quruq qarshilik termometri I ko‘prikning yelkasiga, R
mH
ho‘l 
qarshilik termometri II ko‘prik yelkasiga ulangan. I ko‘prik R
l
, R
2,
R
3
R
тқ
qarshiliklardan iborat. II ko‘prik R
1
R
3
, R
4
, R
mH
qarshiliklardan iborat. 
140-rasm. Elektr psixrometrning sxemasi. 
Ko‘prik diagonalining 
a
va 
b
uchlaridagi potensiallar farqi quruq qarshilik 
termometrining temperaturaiga, 
a
va 
c
uchlaridagi potensiallar farqi esa ho‘l 
qarshilik termometrining temperaturaiga mutanosib. Qo‘shaloq ko‘prik 
diagonalining 
b
va 
c
nuqtalari orasidagi kuchlanishning pasayishi quruq va ho‘l 
qarshilik termometrlarining temperaturalari farqiga mutanosib. O‘lchash tizimining 
muvozanati RD reversiv dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan R reoxord 
sirpang‘ichini avtomatik ravishda siljitish yo‘li bilan hosil qilinadi. Shu bilan birga 


210 
dvigatel asbob strelkasini ham siljitadi. Asbobning shkalasi nisbiy namlik 
foizlarida darajalangan. 
Psixrometrik usulning afzalliklari - musbat temperaturada o‘lchashning yetarli 
darajada aniqligi va inersionligining kichikligi; kamchiliklari - o‘lchash 
natijalarining gaz harakati tezligiga va atmosfera bosimi o‘zgarishlariga 
bog‘liqligi; temperatura pasayishi bilan sezgirlikning kamayishi va xatoning 
ko‘payishidir. 
Shudring nuqtasi usuli
 
yoki gazlarning namligini kondensatsion usul bo‘yicha 
o‘lchash quyidagi bog‘lanishga asoslangan: 
t
P
P




bu yerda:
Р
ф

shudring nuqtasining
ф - 
temperaturaida bug‘ning elastikligi,
 
Pa;
P
t
 - 
to‘yingan bug‘ning 
t
temperaturadagi elastikligi,
 Pa. 
Shudring nuqtasini va tekshirilayotgan gazning temperaturaini bilish orqali 
nisbiy namlikni aniqlash mumkin. Shudring nuqtasi usuli katta qulaylikka ega, 
chunki u namlikni gazning istalgan bosimi sharoitida o‘lchashga imkon beradi 
(10...15 
mPa
va undan ortiq). Bu usul bo‘yicha namlikni o‘lchash temperaturani 
o‘lchashdan iborat. Shu usul bo‘yicha o‘lchash asbobining tuzilishi 141-rasmda
ko‘rsatilgan. 
Tekshirilayotgan gaz yoki havo kanal 1 orqali quvur 4 dan keladigan sovuq 
havo bilan sovitiladigan ko‘zgu 2 gacha keladi. Sezgir element ko‘zgucha sirtiga 
kichik inersiyali termojuft 3 o‘rnatilgan, unga millivoltmetr 6 ulangan. 
Ko‘zguchada shudring paydo bo‘lish payti fotorele sxemasi bo‘yicha ulangan 
fotoelement 8 yordamida qayd qilinadi va shu paytda kontaktlar 7 tutashib, 
millivoltmetr ulanadi hamda ko‘zgucha temperaturaini o‘lchaydi. Ayni bir vaqtda 
havo isitgich 5 ning elektr qizdirish elementi ulanadi, bu element ko‘zgucha qizib, 
ravshanlanguncha ulangan holda turadi. Ko‘zgucha sirtidagi shudring batamom 
bug‘langanda isitgich uziladi va ko‘zgucha isiydi. Shunday qilib, o‘lchash jarayoni 
takrorlanib turadi. 


211 
Bu asboblarning bir qancha tuzilishlari bor. Ular bir-biridan sezgir elementni 
sovitish, kondensatsiya paytini qayd etish, shudring paydo bo‘lish temperaturaini 
o‘lchash usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha namlik o‘lchagichlar 
murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ishlatishda katta malaka va e’tiborni talab qiladi. 
Shuning uchun bu asboblar boshqa usullarni qo‘llab bo‘lmagan hollardagina 
ishlatiladi. 
 
 
141-rasm. Kondensatsion namlik o‘lchagichning tuzilish sxemasi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin